A harfiga qizlar ismlari (a harfidan qizlar ismi)

  1. Adiba — yozuvchi qiz, ziyoli, ilmli, ijodkor, ilhom izlagan, nazokatli, tarbiyali, odobli, namunali, iffatli qiz. Arabcha.
  2. Aziza — qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, izzatli, noyob. Arabcha.
  3. Akifa — g'ayratli, shijoatli, xudojo'y qiz. Arabcha.
  4. Alima — bilimli, aql-zakovatli, dilkash qiz. Arabcha.
  5. Anora — qizil holli, norli qiz. Fors-tojikcha.
  6. Asal — asaldek shirin, totli, ya'ni yoqimtoy, suyukli, sevimli qiz. Arabcha.
  7. Asila — aslzoda, nasli toza qiz, sof, pokiza, qalbi g'uborsiz, benuqson qiz. Arabcha.
  8. Asliya — sof, pokiza, toza; aslzoda. Arabcha.
  9. Asolat — asllik, aslzoda, zoti pok yoki puxta, mustahkam. Arabcha.
  10. Afzuna — ziyoda, ortiq, yuksak tutuvchi. Yuqoriga intilgan, qadrli, qimmatli. E'tiborga loyiq, yuksak martabali. Fors-tojikcha.
  11. Afruza — oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul'ador, yondiruvchi, otashin. Ro'za oyida tug'ilgan chiroyli, oydek qiz. Fors-tojikcha.

Qizlarga ismlar boshqa harflar bo'yicha

Bitta maqolada barcha harflarga ismlar qizlar uchun