D harfiga qizlar ismlari (d harfidan qizlar ismi)

  1. Davriya           —    davr farzandi, zamon qizi. Arabcha.
  2. Dilafruz      —    dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi, dil guli, dilni ochuvchi, yayratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik baxsh etuvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi. Fors-tojikcha.
  3. Dilbar           —    yoqimli, yoqimtoy, ko‘ngilni oluvchi, maftun qiluvchi, go‘zal, suyukli, zebo. Fors-tojikcha.
  4. Dildora         —    dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil, jasur, dovyurak. Fors-tojikcha.
  5. Dilnoza         —    ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis dil sohibi. Fors-tojikcha.
  6. Dilorom        —    ko‘ngilga taskin, orom beruvchi, huzur-halovat, osoyishtalik baxsh etuvchi; suyukli, sevimli qiz. Fors-tojikcha.
  7. Dilrabo         —    dilni tortuvchi, qalbni maftun etuvchi, jozibali, latofatli, nazokatli, ko‘ngilni jalb qiluvchi, suyukli, yoqimtoy, oqko‘ngil, go‘zal qiz. Fors-tojikcha.
  8. Dilso‘z            —    jonkuyar, mehribon, mushfiq, dildagi gaplarning egasi, chin so‘z. Fors-tojikcha.
  9. Dilfuza         —    dilfiruza ismning o‘zgartirilgan shakli. Dilni yorituvchi, ko‘ngilga, qalbga shodlik, quvonch olib keluvchi, shavq bag‘ishlovchi, tengsiz, ko‘rkam. Fors-tojikcha.
  10. Diyora              —     o‘lka, zamin, ona yurtning vafodor, fidokor, elim, yurtim deb yashovchi farzand. Arabcha.
  11. Durdona          —    inju donasi, a’lo marvarid; eng aziz, qadrli, chiroyli, nafis, suluv qiz. Arabcha, fors-tojikcha.