Chaqaloqlarga ismlar qizlar uchun TOP-50 (chaqaloqqa ism)
(shunchaki terib chiqilgan)
Chaqaloqqa ism izlayotgan ota-onalar uchun ushbu maqolada qiz chaqaloqlarga ismlar ro'yxati joylashtirilgan. Marhamat, chaqaloq uchun ism tanlashingizda yordam beruvchi TOP-50 ismlar ro'yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
| № | ISM | MA’NOSI |
|---|---|---|
| 1 | Aziza | qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, izzatli, noyob. Arabcha. |
| 2 | Afruza | oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul’ador, yondiruvchi, otashin. Ro‘za oyida tug‘ilgan chiroyli, oydek qiz. Fors-tojikcha. |
| 3 | E’zoza | hurmatga, izzat-ikromga, e’zozlanishga sazovor qiz. Arabcha. |
| 4 | Vazira | ulg‘ayib vazira, martabali, obro‘li bo‘lsin ma’nosida niyat qilib qo‘yiladi. Erining soliha yordamchisi bo‘lsin ma’nosida ham. Arabcha. |
| 5 | Gulbahor | bahor guli, ko‘klam chechagidek dilbar, suluv, sohibjamol, go‘zal qiz, bahorda uyg‘onish davrida tug‘ilgan qiz. Hayoti guldek chiroyli bo‘lsin ma’nosida. Fors-tojikcha. |
| 6 | Gulzira | zira gulidek yoqimtoy qiz. Fors-tojikcha. |
| 7 | Gulnoza | gul kabi nafis, nozik va nozli, jilvali gul, yohud go‘zal va nozli qiz. Fors-tojikcha. |
| 8 | Gulnora | anor gulidek zebo, gul chehrali qiz yoki anor gullaganda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha. |
| 9 | Gulchehra | gul yuzli, hushro‘y, sohibjmol, chiroyli, maftunkor, istarali, go‘zal chehrali suluv qiz. Fors-tojikcha. |
| 10 | Go‘zal | chiroyli, zebo, suluv, latofatli, jozibali, nazokatli. Fors-tojikcha. |
| 11 | Dilafruz | dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi, dil guli, dilni ochuvchi, yayratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik bahsh etuvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi. Fors-tojikcha. |
| 12 | Dilbar | yoqimli, yoqimtoy, ko‘ngilni oluvchi, maftun qiluvchi, go‘zal, suyukli, zebo. Fors-tojikcha. |
| 13 | Dildora | dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil, jasur, dovyurak. Fors-tojikcha. |
| 14 | Dilnoza | ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis dil sohibi. Fors-tojikcha. |
| 15 | Dilfuza | dilfiruza ismning o‘zgartirilgan shakli. Dilni yorituvchi, ko‘ngilga, qalbga shodlik, quvonch olib keluvchi, shavq bag‘ishlovchi, tengsiz, ko‘rkam. Fors-tojikcha. |
| 16 | Durdona | inju donasi, a’lo marvarid; eng aziz, qadrli, chiroyli, nafis, suluv qiz. Arabcha, fors-tojikcha. |
| 17 | Jasmina | jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul. Fors-tojikcha. (arabcha-Yasmina) |
| 18 | Zamira | oliyjanob, vijdonli, pokdomon, iboli, ifffatli, pokiza qiz. Arabcha. |
| 19 | Zarifa | pokiza, ma’suma, iffatli, nozik ta’b, fahm-farosatli, aqlli, oriyatli, hayo-iboli, munis, hushfahm qiz. Arabcha. |
| 20 | Zebo | chiroyli, go‘zal, suluv, husni jamoli nafis qiz. Fors-tojikcha. |
| 21 | Zulfiya | sochi o‘ralib tug‘ilgan, jingalak, jilvakor sochli qiz, suluv, latofatli, maftunkor zebo. Fors-tojikcha. |
| 22 | Zilola | tiniq buloq suvidek pokiza, sof, toza, beg‘ubor oqila qiz. Arabcha. |
| 23 | Zohida | dindor, hudojo‘y, mo‘mina ayol. Arabcha. |
| 24 | Iroda | istab orzu qilib erishilgan qiz yoki Allohning irodasi, muruvvati bo‘lgan qiz, yohud irodali, chidamli qiz. Arabcha. |
| 25 | Kamola | kamolga erishgan yetuk, zebo, ko‘rkam, mukmal inson. O‘zbekcha. |
| 26 | Komila | barkamol, yetuk, bekamu-ko‘st, namunali, ibratli qiz. Arabcha. |
| 27 | Laylo | tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (safsan)dek go‘zal qiz. Qadimiy yahudiy tilida: Liliya – Safsangul. Arabcha. |
| 28 | Lola | loladek yashnagan, nafosatli, chiroyli. ko‘rkam, go‘zal qiz yoki lolalar ochilgan payitda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha. |
| 29 | Madina | Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgoh bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism. Arabcha. |
| 30 | Ma’mura | bahtli, nasibali, farovon yashovchi; boshqaruvchi, yetakchi, yo‘l ko‘rsatuvchi, boshliq. Arabcha. |
| 31 | Muazzam | hurmatli, e’zozli, qadrli, e’tiborli qiz. Arabcha. |
| 32 | Mubina | jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y, latofatli, zebo qiz. Arabcha. |
| 33 | Munira | nurli, ravshan, go‘zal, zebo, bahtli, saodatmand, nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, zebo qiz. Arabcha. |
| 34 | Muhlisa | oqko‘ngil qiz, hudojo‘y, muslima, mo‘mina qiz. Arabcha. |
| 35 | Nargiza | nargis (bo‘tagul) dek nozik, nafis, zebo, go‘zal qiz, ifori taraluvchan. O‘zbekcha. |
| 36 | Nigora | go‘zal chehrali, sohibjamol, o‘ziga rom etuvchi, maftunkor, latofatli, jozibali, go‘zal, zebo, tengsiz husn sohibasi, yoqimtoy. Fors-tojikcha. |
| 37 | Nilufar | nilufar (savsan) o‘simligidek chiroyli, zebo qiz, o‘ziga maftun etuvchi. O‘zbekcha, hindcha. |
| 38 | Nozima | tartibga, intizomga rioya qiladigan, ya’ni tartibli, sarishta. Arabcha. |
| 39 | Ra’no | qizil guldek go‘zal, chiroyli, latofatli, ra’no guldek suluv, purlatofat qiz. Arabcha. |
| 40 | Saida | bahtli, omadli, tolei baland, iqboli porloq, saodatmand qiz. Arabcha. |
| 41 | Safiya | aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan. Arabcha, yahudiycha. |
| 42 | Sevara | suyukli, yoqimtoy, qadrli aziza qiz. O‘zbekcha. |
| 43 | Umida | orzu qilingan, umid bilan kutilgan qiz yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz. Arabcha. |
| 44 | Farangiz | nur sochuvchi, ziyokor yoki go‘zal, suyukli, shu’la sochuvchi go‘zal qiz. Fors-tojikcha. |
| 45 | Farida | bebaho, nodir, noyob, marvarid yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan qiz. Arabcha. |
| 46 | Feruza | bahtli, iqboli baland, tolei porloq, saodatli qiz yoki firuza (ko‘k tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi. Fors-tojikcha. |
| 47 | Hilola | yangi oydek ko‘rkam qiz yoki yangi oy chiqqanida tug‘ilgan go‘zal husnli qiz. Arabcha. |
| 48 | Shahlo | katta qora ko‘zli qiz, qora ko‘zli go‘zal, chiroyli, suluv, maftunkor qiz. Arabcha. |
| 49 | Shahnoza | shohona, beklarcha yoki nozli karashmali, latofatli. Shohlar, aslzodalar avlodiga mansub nozik va zebo go‘zal qiz. Fors-tojikcha. |
| 50 | Yasmina | jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul. Arabcha. (fors-tojikcha-Jasmina) |
