8-Mart haqida she'rlar bolalar uchun

8-mart haqida sherlar

Bu yerda bolalar uchun 8-Mart haqida she'rlar joylashtirilgan. Ushbu she'rlar aziz qizlar, ayollar, xotinlar, onalar, ammalar, xolalar va barcha barchaga yoqadi degan umiddamiz. Marhamat, bahramand bo'ling!

8-Mart uchun she'r-1


Yana keldi 8-mart
Ayollarga sovg'a berish shart,
Sovg'a kattaligi muhim emas,
Chin yurakdan sovg'a bo'lsa bas.


8-Mart uchun she'r-2


O'lkamizda o'sadi turli xil go'zal gullar,
Mart oyida barchasi juda yaxshi sotilar,
Gul berib ayollarga ulashamiz mehrni,
Tabassum qilsa agar, his etamiz sehrni.


8-Mart uchun she'r-3


Rahmat sizga ayollar,
Borligingiz katta baxt,
Siz pazanda, siz ona,
Barchasiga topasiz vaqt,
Qalbingiz har kuni ulkan quvonchga to'lsin,
Sakkizinchi mart ayyomi sizga muborak bo'lsin.


8-Mart uchun she'r-4


Yetkazdingiz voyaga bizni avaylab asrab,
Shodonlikda ulg'aydik doimo kulib o'ynab,
Barchasi uchun rahmat, sog'lom bo'ling har qachon,
Sakkizinchi mart bilan tabriklayman onajon.


8-Mart uchun she'r-5


Kalendarga qarayman, 8-mart bugun,
Bitta she'r aytib beray aziz onalar uchun,
Bola tarbiya qilib charchamas bu onalar,
Mazali taom bilan qornimizni to'ydirar,
Rahmat har bir onaga, qalbi quvonchga to'lsin,
Ko'rsin farzand rohatin, hayoti nurli bo'lsin.


8-Mart uchun she'r-6


Bir qarang ayollarga
Bugun ular baxtiyor,
8-mart keldi,
Iliq tilaklar bisyor,
Baxt-saodat tilayman,
Shodon yursin ayollar,
Barchamizning baxtimizga,
Omon bo'lsin onalar.


8-Mart uchun she'r-7


8 - MART BUGUN.
ONAJONLAR BAYRAMI.
YO`LLARIGA POYANDOZ.
DASTA GULLAR BOYLAMI.


8-Mart uchun she'r-8


Quyosh kulib boqqan kun
Baxor tanaga yoqqan kun
8 – mart bu kun
Onajonlar bayrami.


8-Mart uchun she'r-9


Sizlar borsiz so'zimizda sado bor,
Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz ming bir dardga da'vo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.


8-Mart uchun she'r-10


Erta bahor gullagan binafsha misol,
Konglingiz doim begubor bolsin.
Yangi ochilgan gul Lola misol,
Lablaringizda doim tabassum bolsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo,
8-mart ayyomingiz muborak bolsin.


8-Mart uchun she'r-11


Porlab turar yuzlari
Surar shirin hayollar
Bayramingiz muborak
Bugun aziz ayollar

Mehr degan bir ajib
His tuyg`uning bulog`i
Sizlar borki o`chmaydi
Xonadonlar chirog`i

Dardingiz ichga yutib
Doyim kulib turasiz
Mehri daryo chiroyli
Farishtalar bo`lasiz