Bog’cha va maktab haqida she’rlar bolalar uchun

Bogcha va maktab haqida sherlar

Bu yerda bolalar uchun bog’cha va maktab haqida she’rlar joylashtirilgan. Marhamat, bahramand bo’ling!

«Xayr bog’cha, salom maktab» ma’nosidagi sher

Qo‘g‘irchoqlar xush qoling
Salom aziz maktabim
Shoshilyapman bag’ringa
Quyoshday ravshan tabim

Ustozim xali men
Ko‘rmaganman sizni xech
Shu kunlar da xayolning
Mexmonisiz erta kech

Ko‘rmasam xam taniyman
Siz dunyoda eng dono
Siz yaxshilar yaxshisi
Siz otayu siz ona.

Orombaxsh quchog’ingda
O‘sib ulg’ayib shodon
Bugun bizlar yo‘l oldik
Jonajon maktab tomon

Xayr bog’cha tuzingni
Oqlaymiz o‘qib alo
Sizni eslab yuramiz
Bog’cha Opa doimo

Yiroqlashib bog’chajon
Katamiz sendan
Ukalarga qoladi
O‘yinchoq bizdan

Ko‘zlarida lim yoshi
Juda kuchli bardoshi
Bog’cha opam qoladi
Uzoq o‘yga toladi.


Xayr bog’cham

Xayr bog‘cham, gul bog‘cham,
Bag‘ri to‘la nur bog‘cham.
Xayr o‘yinchoqlarim,
Chelakchamu kurakcham.

Xayr g‘uv-g‘uv mashinam,
O‘rtoq bo‘lganding sen yuam,
Maktab yoshiga yetdim
Endi o‘qiymiz biz ham.

Ilk yoshimda bag‘ringda,
Ardoqlading bog‘chajon.
Sening qaynoq mehringdan
O‘ynab kuldim har qachon

Quchog‘ingdan ketaman,
Ardog‘ingdan ketaman.
Seni o‘ylayman har dam
Xayr mehribon bog‘cham.


MAKTABIM

Jonajonim maktabim,
Qadrdonim maktabim,
Xuddi uyimdek aziz,
Oshiyonim maktabim.
Har kun tongda shoshaman,
Sinfdan sinfga oshaman
Bilimga qo’shib bilim,
Daryolardek toshaman.
Muallimlar mehribon,
O’rgatar olam jahon.
Doim faxr etaman,
Maktabim, sen onajon!


Maktab chirog’i

Ustozlarni ko’p ulug’laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o’ylab ko’r-chi bir
Òinglaymizmi, ustozning qalbin?!
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o’chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo’lma hech.
Bilsang faqat u seni o’ylar,
Òo’g’ri yo’lga — bilimga yo’llar.
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko’p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.


G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!

Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!

Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing, o’glon!.