Buvilar haqida she'rlar o'zbek tilida 3 ta
Ushbu sahifada buvijon & buvilar haqida bolalar uchun o'zbekcha she'rlar yozilgan.
- Buvimni xursand qilay,
Sovg'a salomlar beray,
Nasihatlarin olib,
Odobli nevara bo'lay.
(Muallif noma'lum) - Sochingiz paxtadek oq,
Mehri daryo qalbi pok,
So’zlari bol-u qaymoq,
Mehribonim buvijon.
(Muallif noma'lum) - Buvijonim, mehribonim,
Mening jon-u jahonim,
Roʻzgʻorimiz sarishtasi,
Uyimizning farishtasi,
Soʻzlaringizda sehr bor,
Koʻzlaringizda mehr bor,
Duolar qilasiz doim,
Uzoq yashang siz iloyim.
(Muallif: Diyora Saydullayeva)