Kasblar haqida she’rlar bolalar uchun
Bu yerda bolalar uchun kasblar haqida she’rlar joylashtirilgan. Marhamat, bahramand bo’ling!
ASKARLAR
Qo’lda avtomat,
Bukmaydi qomat.
Birdek qadami,
Chiqmas hech dami,
Safda askarlar.
Qo’shiq aytar goh,
Havas qilsang oh.
Bo’lmasada soz,
Qarang bir ovoz,
Safda askarlar.
Nonushta-yu hoh ishga,
Bahordami , yo qishda.
Buzilmaydi hech safi,
Ortiqcha yo’qdir gapi
Safda askarlar.
— RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Shifokor
Dard bor joyda darmon bor
Buni bilar shifokor,
Shundan kim bo‘lsa bemor
Tuzatishga u tayyor.
Haydovchi
Mashinada, poezdda,
Tramvayda — temir izda
Ziyrak, mohir haydovchi,
Tashir yuk va yo’lovchi.
Dehqon
Dalasiga olib yo’l,
Dehqon ko’zlar hosil mo’l.
O’z ishiga u usta
Xirmon uyadi kuzda.
O’qituvchi / Muallimim
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
Tikuvchi / Chevar
Menchi men katta bo’lsam
Mohir chevar bo’laman
O’zbegimni do’ppisini
Qoyil qilib tikaman
Sportchi
Sport bilan do’stlashib
Kuch – quvvatga to’laman
Kelajakda men
Jahon chempioni bo’laman