Konstitutsiya haqida she'rlar bolalar uchun | 8-dekabr

Konstitutsiya haqida sherlar

Bu yerda bolalar uchun 8-dekabr Konstitutsiya haqida she'rlar joylashtirilgan. Marhamat, Qomus haqida yozilgan she'rlardan bahramand bo'ling!

She'r 1: Ulug' kun

Kunlar ichra ulug' kun,
Yana bir bayram bugun.
Ulug' kunligi shuki,
Qonunlar kuni bugun.


She'r 2: Konstitutsiya kitobi

Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!


She'r 3: Konstitutsiya muqaddas

Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.


She'r 4: Qomusim baxtim

Mening suyangan tog‘im,
Yo‘l ko‘rsatar mayog‘im,
Gullagay chaman bog‘im,
Qomusim bor, baxtim bor.


She'r 5: Nodir qomusimiz

Adolatli jamiyatga berganda baxo,
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.


She'r 6: Konstitutsiya - baxtim

Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo’lim nurafshon bo’ldi,
Ko’nglim zavqlarga to’ldi.
Sahifangni o’qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?


She'r 7: Konstitutsiya oliy qomusim

Sening bitik yo‘ling kurashdir yiroq.
Bir bobing To‘maris ko‘targan chiroq,
Yozdi bir bobingni qon bilan Shiroq,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitutsiyam — oliy Qomusim.
Sening manzilingni ko‘zlagan karvon,
G‘aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitutsiyam — oliy Qomusim.