7 ta she'rlar KUZ haqida o'zbek tilida
Ushbu sahifada kuz fasli haqida bolalar va kattalar uchun o'zbekcha she'rlar yozilgan.
- Sentyabrda kelib kuz, havoni sovitadi,
Dehqonlarni turli xil hosil bilan boyitadi.
(Muallif noma'lum) - Kuz faslida shivir-shivir to'kilar barglar,
Shu tarzda yerni qoplar qizil sariq ranglar.
(Muallif noma'lum) - Oltin kuz derlar uni,
Yozdan keyin keladi,
Ancha muncha ekinlar,
Kuzda hosil beradi.
(Muallif noma'lum) - Kuz faslini sevaman,
Kuzda barglar teraman,
Bargdan taqinchoq yasab,
Oyijonimga beraman.
(Muallif noma'lum) - Shamol esib, yomg'ir yog'gan,
Kunlar ham sovib qolgan,
Yashil yozning o'rnini,
Sariq kuz egallagan,
Kasal bo'lmay desangiz,
Kiyim kiying issiqroq,
Yaxshi yaxshi ovqat yeng,
Issiq choy iching ko'proq.
(Muallif noma'lum) - Oltin fasl – kuz fasli,
Zarshunoslikdir asli,
Undan qirlar, tog‘ – oltin,
Undan yerlar, bog‘ – oltin.
(Muallif noma'lum) - Boqsam daraxt, o‘tloqqa, qirga,
Kuz aksini ko‘raman faqat,
Kuzning uzgan barglari yerga,
To‘kiladi qavatma-qavat.
(Muallif noma'lum)