5 ta she'rlar NAVRO'Z haqida o'zbek tilida
Ushbu sahifada Navro'z bayrami haqida bolalar va kattalar uchun o'zbekcha she'rlar yozilgan.
- Kirib keldi Navro'zi olam,
Eshitdi u dildagi nolam,
Sumalakni sog'ingan edim,
Qornim to'yib ketsa ham yedim.
(Muallif noma'lum) - Bahorda Navro'z kelar,
Astoydil nishonlanar,
Bayram qilib o'ynaymiz,
Varrak uchirib to'ymaymiz.
(Muallif noma'lum) - Atrof yam yashil, go'zal,
Navro'z keldi yurtdoshlar,
Iliq quyosh nuridan,
Dalalar gullab yashnar.
Yangilanish davri u,
Xushbo'ylanish davri u,
Do'stlar bilan birlashib,
O'ynab kulish davri u.
(Muallif noma'lum) - Bahor mayin shamoli yuzimni silamoqda,
Daraxtdagi novdalar lazgiga oʻynamoqda,
Navro'zning shukuhini ta'riflashga ojiz til,
Bir yilda bir bor kelar, bahramand bo'lishni bil.
(Muallif noma'lum) - Navqiron daraxtlarning uyg'onishi sehrli,
Chumchuqlarning sayrashi asal kabi yoqimli,
Osmonimiz musaffo, atrof esa yam yashil,
Navro'z ayyomini nishonlash uchun shoshil.
(Muallif noma'lum)