Ona haqida she'rlar bolalar uchun 4 qator

Bu yerda bolalar uchun ona haqida qisqa va kichik 4 qator she'rlar joylashtirilgan. Marhamat, bahramand bo'ling!
SHE'R-1
Agar so'rasalar jannatni mendan,
Onajonim oyog'i ostida ana,
Bizni ulg'aytirib barkamol qilgan,
Aziz suyanchig'im, mehribon ona!
SHE'R-2
Muborak ayyomingiz,
Jannatim, onajonim.
Doim omon bo'lingiz,
Suyangan mehribonim!
SHE'R-3
Ayyomingiz bilan, qutlamoq istab,
Bugun poyingizga qilamiz tazim.
Yelkamda Makkaga borsam ko'tarib,
Shunda ham uzilmas farzandlik qarzim!
SHE'R-4
Bag'ri juda ham qaynoq,
So'zlari bolu qaymoq,
Doim bizga parvona,
U dir mehribon ona.
SHE'R-5
Oqshomlar uxlamay aytganda alla,
Ovozin tinglarkan yetti mahalla.
Ovozim boricha aytay baralla,
Oyijon men sizni yaxshi ko'raman.
SHE'R-6
Juda ham a’losiz, oyijon,
Juda ham donosiz, oyijon.
Siz meni qo’zim, deb sevasiz,
Nur to‘la ko’zim, deb sevasiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.
Siz meni barchaga yaxshilab,
Quchasiz o‘rgilib, erkalab.
Shu aziz boshimni silaysiz,
Menga baxt, omonlik tilaysiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.
— Po‘lat Mo‘min (1922-2004)
SHE'R-7
Ko’kda yulduz uchsa nogahon,
Bitdi, derlar qaysi bir taqdir.
Bunday g’amni ko’tarmak oson,
Bu ehtimol, bizlar haqdadir.
Ba’zi tunlar ko’kka tikib ko’z,
Eslab deyman onamni shu on:
Ona ketsa, yulduz-ku yulduz
Qulab tushsa arziydi osmon.
— A.Oripov 1967
