Qish va qor haqida she'rlar bolalar uchun 4 qator

Ushbu sahifada qish fasli haqida bolalar uchun qisqa va oson 4-6 qator o'zbekcha she'rlar yozilgan.

  1. Qo‘lqopim bor, sharfim bor,
    Ko‘chada-chi, oppoq qor.
    Ayozidan qo‘rqmaymiz,
    Qishda qorlar o'ynaymiz.
  2. Qorni yumaloq qilib,
    Otamiz bir-birimizga.
    Qorbo‘ron o‘yini bu,
    Xush yoqar barchamizga.
  3. Oppoq qorlar yog‘adi,
    Yerning yuzin yopadi.
    Bolalar xursand bo‘lib,
    Qor o'ynashga chopadi.
  4. Chanamizni olamiz,
    Tog‘ bag‘riga boramiz.
    Qorda g‘izillab uchib,
    Quvonchlarga to‘lamiz.
  5. Sovuq tushdi, qish keldi,
    Qalin kiyim kiyaylik.
    Do‘stlar bilan birlashib,
    Qorda o‘ynab kulaylik.
  6. Osmondan tushar uchib,
    Oppoq qor parchalari.
    Go‘yo mitti yulduzdek,
    Qishning mayin elchilari.
  7. Ko‘lmak suvlar muzlaydi,
    Bolalar sirpanib o'ynaydi.
    Sovuq bo‘lsa ham qish,
    Hech kim uyga kirmaydi.
  8. Tiniq suv shildir-shildir,
    Muz tagidan oqqanda,
    Chana uchgim keladir,
    Qish fasli qor yoqqanda.
  9. To‘rt fasllar aylanib,
    Qish kelibdi yastanib,
    Zamin oppoq o‘ramda,
    Yumshoq, momiq gilamda.
  10. Dov-daraxtlar mizg’igan,
    Izg’irin yel izg’igan,
    Ko’chalar yaraqlaydi,
    Yulduzlar charaqlaydi,
    Jamlab barcha kuchini,
    Kelmoqda qish qo’shini.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha she'rlar

5