Ustozlar haqida she'rlar bolalar uchun 10 ta

Ustoz haqida sherlar

Bu yerda bolalar uchun ustozlar haqida she'rlar joylashtirilgan. Marhamat, bahramand bo'ling!

SHE'R-1


Bilim olib chinakam,
O’rganamiz harf, raqam.
Hammaga berar ta’lim,
O’qituvchi - muallim.


SHE'R-2


Ota-onamiz kabi mehr ko'rsatar bizga,
Ilm berib charchamas har bir o'g'il qizga,
Biz ularni sevamiz, so'g omon bo'lsin ular,
Tinmay qayg'uradigan bizning aziz ustozlar.


SHE'R-3


Bizning ustoz eng zo'ri,
Bilmasak tushuntirar,
Oz-moz harakat qilsak,
Beshlarni qo'yib berar.


SHE'R-4


Bilim o'rganay desang, ustozinga quloq sol,
Dars jarayonida bilimlarga to'yib ol,
Tushunmasang nimadir, darhol ustozdan so'ra,
Dangasalik qilmagin, izlangin undar ko'ra,
Ustozing qadriga yet, ayamas sendan yordam,
O'quvchilarin o'ylab, yashar ustozlar har dam.


SHE'R-5


Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.
Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.


SHE'R-6


Shirin so'zdan, nurli yuzdan yorug' yo'llar,
Chin mehrdan, muruvvatdan obod cho'llar.
Shu zotlarni, shogirtlarin ko'kka yo'llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e'zozlarga,
Boshlar egib, ta'zim aylang ustozlarga!


SHE'R-7


Bilim va ma'rifat o'rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo'ng'iroq.
O'qimasak, takror o'qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O'sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to'g'ri yo'l solgan.


SHE'R-8


Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.


SHE'R-9


Ko‘z o‘ngimda
Ochdi dunyo
Muallimim.
yo‘llarimga
Sochdi ziyo
Muallimim.
Go‘dak edim
Ona kabi
Parvarishlab,
Ulg‘aytirdi
Meni don
Muallimim.
Shogirdmanki
Taxt turaman
Xizmatiga,
Qilsa agar
Bitta imo
Muallimim.
— Tursunboy Adashboyev


SHE'R-10


Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda båbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mån Xudo xohlasa—
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!