Vatan & O'zbekiston haqida she'rlar bolalar uchun 15 ta

Vatan haqida sherlar

Ushbu sahifada jonajon aziz ona vatan O'zbekiston haqida ajoyib va chiroyli she'rlar to'plami joy olgan. To'plam ichida qisqa va osonroq she'rlar bo'lgani kabi, uzun va qiyinroq she'rlar ham bor, ular bog'cha bolalari, maktab bolalari va kattalar uchun ham to'g'ri keladi. Mustaqillik bayrami va boshqa tadbirlar uchun foydali bo'ladi degan umiddamiz. Marhamat, bahramand bo'ling!

She'r-1 (2 qator)

Sen haqingda qaygʻurish - bu mening burchim,
Gullab yashna doimo, ey aziz yurtim!
(Muallif noma'lum)


She'r-2 (2 qator)

Vatan muqaddasdir, unutmang doʻstlar,
Shu vatanda ulgʻaydik biz qora koʻzlar.
(Muallif noma'lum)


She'r-3 (4 qator)

Tug'ilib o'sgan yurtim - O'zbekistonim,
Sen juda ham go'zalsan, sen mehribonim,
Sen haqingda chin dildan, qo'shiq kuylagim kelar,
Qanday ulug' yurtligin barchaga aytgim kelar.
(Muallif noma'lum)


She'r-4 (4 qator)

Turli yurtlarni kezdim, qildim ancha sayohat,
Barchasiga qaramay, tugadi menda toqat,
Vatanimni sogʻindim, qaytdim Oʻzbekistonga,
Hech nima yetmas ekan, tugʻilib oʻsgan diyorga!
(Muallif noma'lum)


She'r-5 (4 qator)

Bogʻu boʻston yurtimga bayramlar yarashadi,
Mehmon boʻlgan sayyohlar havas bilan qarashadi,
Kelinglar ey yurtdoshlar, bugun bayram qilaylik,
Vatanimiz bagʻrida shodon oʻynab kulaylik.
(Muallif noma'lum)


She'r-6 (4 qator)

Senga mehrim cheksizdir, aziz Oʻzbekistonim,
Boy tarixing eslasam, faxrlanar vujudim,
Sendan yiroqlashishga yoʻl qoʻymaydi vijdonim,
Mehring bilan ulgʻaydim, jannatmakon diyorim!
(Muallif noma'lum)


She'r-7 (8 qator)

Buyuk Oʻzbekistonni tariflashga ojiz til,
Taomlari betakror, yesangiz yayraydi dil,
Shaharlari beqiyos, biri biridan qolishmas,
Odamlar shijoatli, mehnatdan hech qochishmas,
Kelajak oʻz qoʻlimizda, harakatda boʻlgaymiz,
Yurtimiz rivojiga hissamizni qoʻshgaymiz,
Ona vatan bilginki, sen ishonchli qoʻllarda,
Doimo ardoqlaymiz, doston boʻlgaysan dillarda.
(Muallif noma'lum)


She'r-8 (12 qator)

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Birov-biroviga
Kerak deganim.

Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.
— Po‘lat Mo‘min (1922-2004)


She'r-9 (12 qator)

Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Maza qilib ichamiz.

Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab maza qilamiz.

Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab-onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.
— Miraziz A’zam


She'r-10 (19 qator)

So‘z mulkining ra’nosi,
Tengsiz mazmun-ma’nosi.
Shod dillarning sadosi –
Iftixorim madhiyam,

Hur diyorim madhiyam.
Tenglar ichra teng bo‘lgan,
Baxtu iqboli kulgan.
Jannat bog‘ida gulshan –

Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Yurt dong‘ini taratgan,
Tilimizni sayratgan.

Saroylarni yangratgan –
Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Xalqim asriy orzusi,
Istiqlolim ko‘zgusi.
Har bir yurak yog‘dusi –
Iftixorim madhiyam, Hur diyorim madhiyam.
(Muallif noma'lum)


She'r-11 (20 qator)

Nigohlari jur’atkor,
Parvozlari shiddatkor,
Ozod elga najotkor
Humo qushim – hur qushim,

Samo qushim – nur qushim!
Qanot qoqib uchadi,
Ufqlarni quchadi,
Baxt eshigin ochadi

Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
Quyosh kabi ziyosi,
Chaqmoq kabi qiyosi,

Xalqim mehrigiyosi
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
Ezgu niyat jarchisi,

Orzu umid elchisi,
Istiqlol xabarchisi
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
(Muallif noma'lum)


She'r-12 (20 qator)

Sergakmizu hushyormiz,
Yurt ishiga tayyormiz.
Har ishda madadkormiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,

Biz Vatan posbonimiz.
Bizni kutar baxt-iqbol,
Porloq bo‘lar istiqbol.
Mangu bo‘lsin istiqlol –

Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Vatan –ko‘z qarog‘imiz,
Muqaddas tuprog‘imiz.

Yovga shay yarog‘imiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Avlodlari baxtga yor,

Ajdodlari madadkor.
Kelajagi ulug‘vor –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
(Muallif noma'lum)


She'r-13 (16 qator)

Porlagan yurt charog‘i,
El baxti, ko‘z qarog‘i.
Iftixori, ardog‘i –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Ajdodlarning orzusi,
Istiqlolning qomusi.
Hur millat or-nomusi –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Allomalar naslimiz,
Ozod yurtda baxtlimiz.
o‘ururimiz, faxrimiz –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Quchog‘i bog‘-u bo‘ston,
Giyohi tanga darmon.
Jumla-jahonga doston
O‘zbekiston bayrog‘i!
(Muallif noma'lum)


She'r-14 (22 qator)

O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!
Sportchimiz, bardammiz,
o‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!
(Muallif noma'lum)


She'r-15 (28 qator)

O‘zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog‘dusi –
O‘zbekiston qomusi.
Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati
–O‘zbekiston qomusi.
Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo‘rg‘on,
Safarga chiqqan karvon –
O‘zbekiston qomusi.
Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o‘g‘il-qizi,
Tarixda cho‘ng ildizi –
O‘zbekiston qomusi.
Madhiyasi, bayrog‘i,
Humosi ko‘z qarog‘i,
Har xonadon charog‘i –
O‘zbekiston qomusi.
Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –
O‘zbekiston qomusi.
Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O‘zbekiston qomusi!
(Muallif noma'lum)