Yangi yil haqida she'rlar bolalar uchun 4 qator

Ushbu sahifada yangi yil bayrami haqida bolalar uchun qisqa o'zbekcha she'rlar yozilgan.

  1. Eski yilni kuzatib,
    Dasturxonni bezatib,
    Yangi yilni barchamiz,
    Kulib kutib olamiz.
  2. Issiq kiyim kiyamiz,
    Qorni juda suyamiz.
    Chanada biz uchamiz,
    Yangi yilni quchamiz.
  3. Yangi yil ham kelmoqda,
    Quvonch ila kutamiz,
    Turli sovg'alar bilan,
    Yaqinlarni shod etamiz.
  4. Yangi yilga tilagim,
    Baxtga to‘lsin yuragim,
    Otam, onam sog‘ bo‘lsin,
    Uyimiz nurga to‘lsin.
  5. Osmondan yog‘ar parcha,
    Yasatdik go‘zal archa,
    Yangi yil kirib kelar,
    Quvonar bugun barcha.
  6. Qorbobo kelar kulib,
    Qopi sovg‘aga to‘lib,
    She'r aytib berganlarga,
    Tarqatar xursand bo‘lib.
  7. Qo'l ushlashib o'ynaylik,
    Bayram bugun, yayraylik.
    Eski yilni kuzatib,
    Yangi yilni kutaylik.
  8. Yangi yilda niyatimiz,
    A'lo bo'lsin baholar.
    Tinch bo'lsin yurtimiz,
    Toza bo'lsin havolar.
  9. Oppoq qorlar yog'adi,
    Archa chiroqlari yonadi.
    Sehrli bu Yangi yil,
    Bizga juda yoqadi.
  10. Qo'l ushlashib barchamiz,
    Katta davra quramiz.
    Kela qolgin Yangi yil,
    Seni yaxshi ko'ramiz.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha she'rlar

5