64 best Uzbek sayings and proverbs
- Baxt kulgu bor uyga kirar.
- Oila ahil bo’lsa,
Omad o‘z oyog’i bilan kelar. - Ota-ona — davlating,
Farzandlaring — savlating. - Ota bo‘lmay, ota qadrini bilmas,
Ona bo’lmay, ona qadrini bilmas. - Maqsadli bo’lgan yo’l topar.
- Gapni oz so‘zla,
Ishni ko‘p ko‘zla. - Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga. - Maqtanganning burdi ketar,
Asl niyatiga kamtar yetar. - Har ishning bir ustasi bor,
Har ustaning bir ustozi bor. - Pul pulni topar,
Yo’l yo‘lni topar. - Ro’zg’or o‘lchov bilan,
Boylik tejov bilan. - Yuz so’m puling bo’lguncha,
Yuzta do‘sting bo’lsin. - Mehnatning ko’zini topgan
Boylikning o’zini topar. - Boylikning boshi — sog‘liq.
- Har yerni qilma orzu,
Har yerda bor tosh-u tarozi. - Ochlik azobini chekmagan,
Non qadrini bilmas. - Hunarli kishi och qolmas.
- Erinchoq ikki ishlar,
Oxiri barmog’ini tishlar. - Yaxshilik ikki jahonni orttirar.
- Ikki quyonni quvlagan birini ham tutolmas.
- Uch kishi bilgan sirni
Yuz kishi bilar. - Uch kun barvaqt turgan bir kun yutar.
- Besh barmoq barobar emas.
- Oltmish yashar ahmoqdan
Olti yashar dono yaxshi. - Yetti o’lchab, bir kes.
- Bir sinalgan tajriba
Yetti kitobdan afzal. - Berganga bir ham ko’p,
Olganga o’n ham oz. - Nasiyaning o‘n so‘midan
Naqdning bir so‘mi yaxshi. - Kim tabib, boshidan o’tgan tabib.
- Hasad qilma, havas qil.
- Kamtarlik — katta davlat.
- Kamtar kerilmaydi,
Mol-dunyoga berilmaydi. - Baxil ehsondan qochar,
Xasis mehmondan qochar. - Saxiyning o‘ng qo’li berar,
Chap qo’li bilmas. - Xon odillik qilmasa.
Xonumondan ayrilar.
Boy xayrlik qilmasa,
Bor molidan ayrilar. - Ko‘p o‘qigan olim bo’lsa,
Ko‘pni ko‘rgan dono bo’lar. - Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o’ziga zolim. - Kattaga katta bo‘l,
Kichikka — kichik. - Bir kattaning gapiga kir,
Bir — kichikning. - Bola — shirinlikning adoyi,
Qariya — shirin so‘zning gadoyi. - Yoshlikdagi g‘ayrat — keksalikdagi rohat.
- Sarishtali uy — farishtali uy.
- Mehmon kelgan uy — barakali.
- Bozor bilgan och qolmas,
Yo’l tanigan kech qolmas. - Do‘st achitib gapirar,
Dushman — kulib. - Kim gapirganga boqma,
Nima gapirganga boq. - Ko‘p gapirgandan ko’p ish kutma.
- Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan,
Mehnat qilsang, davron surasan. - G’urur — g’urbat,
Kamtarlik — hurmat. - Kattaga hurmatda bo’l,
Kichikka — izzatda. - Obro’ topaman desang, kamtar bo’l,
Qarimay desang, mehnat qil. - Ahmoqning kulgusi ko‘p,
Dangasaning — uyqusi. - Erta turgan ish bitirar,
Kech turgan ko‘p turtinar. - Ertalabki ish,
Ko‘ngilni qilar xush. - Insofi borning barakati bor.
- Insofli oshini yer,
Insofsiz — boshini. - Qarz etma birovdan,
Qutilmaysan ingrovdan. - Qarindoshingga qarz berma,
Bersang so‘rama. - Mard — kurashda, do‘st — tashvishda,
Dono g‘azabda sinalar. - Aqlingga aql qo‘sh,
Jahlingga — sabr. - Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar.
- Aybiga iqror mard kishi,
Yashirmoq — qo’rqoq ishi. - Ish bor yerda xato bor.
- Xato qilmoq bordir,
Tuzatmaslik ordir.
