A harfiga ismlar o'g'il bolalar uchun (a harfidan ism)

  1. Abdulaziz — buyuk va qudratli Allohning bandasi. Arabcha
  2. Abdulazim — izzat va kuch-qudrat sohibi bo'lgan g'olib Allohning bandasi. Arabcha
  3. Abdulahad — yakkayu-yagona bo'lgan Allohning bandasi. Arabcha
  4. Abdulboriy — yo'qdan bor qiluvchi, yaratuvchi Allohning bandasi. Arabcha
  5. Abdulvali — do'st, madadkor Allohning bandasi. Arabcha
  6. Abdulvahob — barcha uchun o'z ne'matlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi. Arabcha
  7. Abdulvohid — bitta, yagona tanho bo'lgan Allohning bandasi. Arabcha
  8. Abdulg'ani — boy, ehtiyojsiz, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  9. Abdulg'afur — gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchining, ya'ni Alloh Taoloning quli, bandasi. Arabcha
  10. Abdulg'affor — gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchining, ya'ni Alloh Taoloning quli, bandasi. Arabcha
  11. Abduljabbor — bandalarining ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi. Arabcha
  12. Abduljalil — barcha jihatdan mukammal va go'zal ulug' Allohning bandasi. Arabcha
  13. Abdulkarim — karim qiluvchi, saxovat ko'rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi. Arabcha
  14. Abdulqahhor — barchani bo'ysinduruvchi g'olibning, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  15. Abdulqodir — mislsiz kuch-qudrat egasining, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  16. Abdullatif — lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo'lgan Allohning bandasi. Arabcha
  17. Abdulloh — Allohning quli, suyukli bandasi. Muhammad (s.a.v.)ning otalarining ismi. Arabcha
  18. Abdulmalik — molikning, podshohning, ya'ni Allohning quli, itoatkor bandasi. Arabcha
  19. Abdulfattoh — hukm etuvchining yoki rahmat xazinalarini ochuvchi va unga yo'l ko'rsatuvchining, ya'ni Allohning quli; doimo g'olib va muzaffarning quli. Arabcha
  20. Abdulholiq — yaratuvchining, dunyoga keltiruvchining, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  21. Abdulhay — abadiy tirik Allohning bandasi. Arabcha
  22. Abdulhakim — tengsiz aql va hikmat sohibining, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  23. Abdulhamid — hamdu sanoga, maqtovga sazovor Zotning, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  24. Abdulhafiz — o'z panohida saqlaguvchining, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  25. Abdulmajid — ne'matli va sharafi bepayonning, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  26. Abdurrazzoq — barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi. Arabcha
  27. Abdurrauf — o'ta mehribon, muruvvati cheksiz, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  28. Abdurahiym — rahmli Allohning bandasi. Arabcha
  29. Abdurrahmon — o'ta mehribon Allohning bandasi. Arabcha
  30. Abdurrashid — barcha ishlari to'g'ri chiquvchi Allohning bandasi. Arabcha
  31. Abdussamad — hojatbaror Allohning bandasi. Arabcha
  32. Abror — pokiza, toza qalbli, solih, taqvodor, iymonli; yaxshi, go'zal hulq-atvor va fe'l egasi. Arabcha.
  33. Abbos — qovog'i soliq, xo'mraygan, jiddiy. Ba'zi bolalar shu holatda tug'iladi. Arabcha.
  34. Avaz — avval turmagan bolalarning o'rniga, evaziga kelgan bola. Arabcha, fors-tojikcha, o'zbekcha.
  35. Azamat — ulug', mard, jasur, qudratli. Arabcha.
  36. Aziz — qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Arabcha.
  37. Akmal — yetuk, barkamol, mukammal va benuqson ma'nosida. Arabcha.
  38. Akram — eng sahiy, o'ta karamli, muruvvatli, jo'mard, qo'li ochiq, mehribon, hayirli ishlarga polvon, bag'ri keng. Arabcha.
  39. Alisher — sherdek jasur, dovyurak bo'lsin va to'rtinchi halifa Alidek kuch-qudrat, iymon va zakovat egasi bo'lsin. Arabcha, Fors-tojikcha.
  40. Arslon — arslondek ya'ni sherdek qudratli, dovyurak, qo'rqmas bo'lsin. O'zbekcha, tojikcha, tatarcha va boshqalar.
  41. Asad — Asad oyida tug'ilgan bola yoki Sherdek qudratli, qo'rqmas, dovyurak bo'lsin. Arabcha.
  42. Asadulloh — Allohning sherdek qudratli, dovyurak, jasur bandasi. Arabcha.
  43. Asilbek — beklar avlodiga mansub aslzoda bola. Arabcha, o'zbekcha.
  44. A'zam — buyuk, qudratli, yengilmas. Arabcha.
  45. Anas — do'st, yo'ldosh, hamroh yoki shodlik, quvonch. Arabcha.
  46. Ansor — yordamchi, maslakdosh. Bu yerda payg'ambara ko'makdosh bo'lganlar ko'zda tutiladi. Arabcha.
  47. Asomiddin — dinning tutqichi, tayanchi yoki dinning ko'magi, madadi. Arabcha.
  48. Anvar — yorug', nurli, charog'on yoki iqboli porloq, tolei baland, hayotda omadli bola. Arabcha.
  49. Amir — hokim, hukmron, yo'lboshchi yoki Amr — hayot, tiriklik. Arabcha.
  50. Ali — yuksak, ulug', oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad(s.a.v.) payg'ambarimizning kuyovi, to'rtinchi xalifaning ismidir. Arabcha.
  51. Afif — pokiza, sahovatli. Arabcha.
  52. Ahror — oliyjanob, himmatli, mehr-muruvatli, Hojai Ahror — oliyjanob deganidir. Arabcha.
  53. Ahmad — Allohga ko'p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (s.a.v.) sifatlaridan biridir. Arabcha.
  54. Adham — qora ot; badanida qora belgisi (hol) bilan tug'ilgan bola yoki qimmatli, noyob, kam uchraydigan. Arabcha.
  55. Akif — g'ayratli, tirishqoq yoki zohid, darvesh, tarkidunyochi. Ba'zi adabiyotlarda "turg'un barqaror, mahkam" deb izohlangani ham uchraydi. Arabcha.
  56. Anis — yaqin do'st, ulfat, hamdam, hamsuhbat. Arabcha.
  57. Atif — mehribon, oqko'ngil; muruvvatli, shafqatli. Arabcha.
  58. Afzal — ustun turuvchi, munosib, loyiq; qadrli, hurmatli. Arabcha.
  59. Afzun — ortiq, ziyoda baland martabali; ko'payib, ortib boruvchi. Fors-tojikcha.
  60. Ahbor — xabarlar, ma'lumotlar, bilimlar egasi. Arabcha.
  61. Ashraf — sharafli, ehtiromli, oliy zot yoki aslzoda, avliyo, oliy tabaqa, yuqori nasab farzandi. Arabcha.

O'g'il bola uchun ismlar boshqa harflar bo'yicha

Bitta maqolada barcha harflarga ismlar o'gil bolaga