O'g'il bolalar uchun ismlar ro'yxati va ma'nosi (2025)

O'g'il bolalar uchun ismlar

Ushbu sahifada o'g'il bolalar uchun chiroyli ismlar ro'yxati joylashtirilgan. Ro'yxatdagi barcha ismlar ma'nosi bilan yozilgan. Marhamat, o'g'il farzandingizga ism tanlang va tanlagan ismingizni ilm ahli (imomlar, domlalar) bilan tekshirib olishni unutmang.

A

  • Abdulaziz - buyuk va qudratli Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulazim - izzat va kuch-qudrat sohibi bo'lgan g'olib Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulahad - yakkayu-yagona bo'lgan Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulboriy - yo'qdan bor qiluvchi, yaratuvchi Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulvali - do'st, madadkor Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulvahhob - barcha uchun o'z ne'matlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulvohid - bitta, yagona tanho bo'lgan Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulg'ani - boy, ehtiyojsiz, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  • Abdulg'afur - gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchining, ya'ni Alloh Taoloning quli, bandasi. Arabcha
  • Abdulg'affor - gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchining, ya'ni Alloh Taoloning quli, bandasi. Arabcha
  • Abduljabbor - bandalarining ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi. Arabcha
  • Abduljalil - barcha jihatdan mukammal va go'zal ulug' Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulkarim - karim qiluvchi, saxovat ko'rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulqahhor - barchani bo'ysinduruvchi g'olibning, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  • Abdulqodir - mislsiz kuch-qudrat egasining, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  • Abdullatif - lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo'lgan Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulloh - Allohning quli, suyukli bandasi. Muhammad (s.a.v.)ning otalarining ismi. Arabcha
  • Abdulmalik - molikning, podshohning, ya'ni Allohning quli, itoatkor bandasi. Arabcha
  • Abdulfattoh - hukm etuvchining yoki rahmat xazinalarini ochuvchi va unga yo'l ko'rsatuvchining, ya'ni Allohning quli; doimo g'olib va muzaffarning quli. Arabcha
  • Abdulholiq - yaratuvchining, dunyoga keltiruvchining, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  • Abdulhay - abadiy tirik Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdulhakim - tengsiz aql va hikmat sohibining, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  • Abdulxamid - hamdu sanoga, maqtovga sazovor Zotning, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  • Abdulhafiz - o'z panohida saqlaguvchining, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  • Abdulmajid - ne'matli va sharafi bepayonning, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  • Abdurrazzoq - barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdurrauf - o'ta mehribon, muruvvati cheksiz, ya'ni Allohning quli. Arabcha
  • Abdurrahiym - rahmli Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdurrahmon - o'ta mehribon Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdurrashid - barcha ishlari to'g'ri chiquvchi Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdussamad - hojatbaror Allohning bandasi. Arabcha
  • Abror - pokiza, toza qalbli, solih, taqvodor, iymonli; yaxshi, go'zal hulq-atvor va fe'l egasi. Arabcha.
  • Abbos - qovog'i soliq, xo'mraygan, jiddiy. Ba'zi bolalar shu holatda tug'iladi. Arabcha.
  • Avaz - avval turmagan bolalarning o'rniga, evaziga kelgan bola. Arabcha, fors-tojikcha, o'zbekcha.
  • Azamat - ulug', mard, jasur, qudratli. Arabcha.
  • Aziz - qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Arabcha.
  • Akmal - yetuk, barkamol, mukammal va benuqson ma'nosida. Arabcha.
  • Akram - eng sahiy, o'ta karamli, muruvvatli, jo'mard, qo'li ochiq, mehribon, hayirli ishlarga polvon, bag'ri keng. Arabcha.
  • Alisher - sherdek jasur, dovyurak bo'lsin va to'rtinchi halifa Alidek kuch-qudrat, iymon va zakovat egasi bo'lsin. Arabcha, Fors-tojikcha.
  • Arslon - arslondek ya'ni sherdek qudratli, dovyurak, qo'rqmas bo'lsin. O'zbekcha, tojikcha, tatarcha va boshqalar.
  • Asad - Asad oyida tug'ilgan bola yoki Sherdek qudratli, qo'rqmas, dovyurak bo'lsin. Arabcha.
  • Asadulloh - Allohning sherdek qudratli, dovyurak, jasur bandasi. Arabcha.
  • Asilbek - beklar avlodiga mansub aslzoda bola. Arabcha, o'zbekcha.
  • A'zam - buyuk, qudratli, yengilmas. Arabcha.
  • Anas - do'st, yo'ldosh, hamroh yoki shodlik, quvonch. Arabcha.
  • Ansor - yordamchi, maslakdosh. Bu yerda payg'ambarga ko'makdosh bo'lganlar ko'zda tutiladi. Arabcha.
  • Asomiddin - dinning tutqichi, tayanchi yoki dinning ko'magi, madadi. Arabcha.
  • Anvar - yorug', nurli, charog'on yoki iqboli porloq, tolei baland, hayotda omadli bola. Arabcha.
  • Amir - hokim, hukmron, yo'lboshchi yoki Amr - hayot, tiriklik. Arabcha.
  • Ali - yuksak, ulug', oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad(s.a.v.) payg'ambarimizning kuyovi, to'rtinchi xalifaning ismidir. Arabcha.
  • Afif - pokiza, sahovatli. Arabcha.
  • Ahror - oliyjanob, himmatli, mehr-muruvatli, Hojai Ahror - oliyjanob deganidir. Arabcha.
  • Ahmad - Allohga ko'p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (s.a.v.) sifatlaridan biridir. Arabcha.
  • Adham - qora ot; badanida qora belgisi (hol) bilan tug'ilgan bola yoki qimmatli, noyob, kam uchraydigan. Arabcha.
  • Akif - g'ayratli, tirishqoq yoki zohid, darvesh, tarkidunyochi. Ba'zi adabiyotlarda “turg'un barqaror, mahkam“ deb izohlangani ham uchraydi. Arabcha.
  • Anis - yaqin do'st, ulfat, hamdam, hamsuhbat. Arabcha.
  • Atif - mehribon, oqko'ngil; muruvvatli, shafqatli. Arabcha.
  • Afzal - ustun turuvchi, munosib, loyiq; qadrli, hurmatli. Arabcha.
  • Afzun - ortiq, ziyoda baland martabali; ko'payib, ortib boruvchi. Fors-tojikcha.
  • Ahbor - xabarlar, ma'lumotlar, bilimlar egasi. Arabcha.
  • Ashraf - sharafli, ehtiromli, oliy zot yoki aslzoda, avliyo, oliy tabaqa, yuqori nasab farzandi. Arabcha.


B

  • Bahodir - botir, dovyurak, mard, jasur. O'zbekcha, fors-tojikcha.
  • Bobur - yo'lbars, arslon; Ulug', ulkan, buyuk; Tez gapiradigan odam ma'nolarida talqin qilingan. O'zbekcha.
  • Botir - mard, jasur, qo'rqmas. O'zbekcha.
  • Badriddin - dinning to'lin oyi va nuri, mash'ali. Dinning asl farzandi. Boshqa mo'minlarga o'rnak bo'luvchi xulqi yaxshi, niyati pok inson. Arabcha.
  • Bahriddin - dinning nuri, yog'dusi, shu'lasi, dinning viqori, shukuhi yoki dinning nurli, e'tiqodli, iymonli, saodatmand kishisi. Arabcha.
  • Bahtiyor - saodat, qut, istiqbol yor bo'lgan bola yoki shodon, quvnoq. Baxt-saodat, quvonch yor bo'lsin. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Bahrom - Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo'lsin. Fors-tojikcha.
  • Behruz - baxtli saodatli kunda, shodiyonada tug'ilgan bola yoki bu bola tug'ilgan kun oilaga, yaqinlariga quvonch, shodlik olib kelgan. Fors-tojikcha.
  • Bekzod - bek farzandi, beklar avlodiga, zotiga mansub bola. Viqorli, kuchli, mard bo'lsin. O'zbekcha, fors-tojikcha.
  • Bahtbek - beklar avlodiga mansub baxtli, saodatli bola ma'nosida. Forscha, qozog'cha.
  • Boymurod - boy-badavlat bola, ulg'ayib murodiga yetsin. Arabcha, o'zbekcha.
  • Bekmurod - beklar avlodiga mansub murod-maqsadli bola berk (mustahkam) bo'lsin va ulg'ayib murod-maqsadiga yetsin. Arabcha, o'zbekcha.
  • Bilol - uch kunlik oy, yangi tug'ilgan oy, (Hilol) yoki sog'lom bola. Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) ning sahobalaridan biri bo'lgan. Arabcha.
  • Burhon - dalil, asos, isbot. O'rta asrlar hukmdorlari o'zlarini Burhoniddin, ya'ni dinning dalili, himoyachisi, dinni asrovchi deb yuritishgan va bu so'z ularning fahriy unvoni bo'lgan. Burhoniddin ismining qisqargan shakli. Arabcha.


D

  • Davron - davr sursin, umri shodon, baxtiyor o'tsin, davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo'lsin ma'nosida. Arabcha.
  • Dilmurod - dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Diyor - o'lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo'lsin. Arabcha.
  • Dovud - mehrli, mehribon, dildan sevuvchi, suyukli, chin do'st yoki shifo beruvchi, sog'aytiruvchi. Dovud payg'ambarning ismlari. Yahudiycha.
  • Doniyor - yaqin inson, bilimli inson, do'st, Allohning ehsoni, sovg'asi, marxamati. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Doston - dovrug'i tillarda doston bo'lgan, taniqli, mashhur. Bu nom Rustamning otasi Zolning (Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni qahramoni) laqabi bo'lgan. Fors-tojikcha.


E

  • Erkin - hur, ozod, erkin, mustaqil, hech kimga qaram yoki to'be bo'lmagan bola. O'zbekcha.
  • Elbek - elning boshlig'i, sardori, yo'lboshchisi. O'zbekcha.
  • Eldor - ulg'ayib yuqori martabalar egasi, elning yo'lboshchisi, rahnamosi, hukmdori, yetakchisi bo'lsin. O'zbekcha, fors-tojikcha.
  • Elmurod - o'z elining orzusi, umidi bo'lgan bola, elini orzu-murodiga erishtirsin. Arabcha, o'zbekcha.
  • Elnur - elga nur sochuvchi, foyda keltiruvchi, vatani rivojiga katta hissa qo'shuvchi, elparvar. Arabcha, o'zbekcha.
  • Elyor - elning dusti, hamdami, vatanparvar. O'zbekcha, fors-tojikcha.


F

  • Fazliddin - dinning yuksakligi, yoki dinning marhamati, in'omi, tuhfasi, fazliga yetishganligi. Arabcha.
  • Fahriddin - dinning faxri, iftixori, shavkati, shoniu-sharafi, g'ururi. Arabcha.
  • Farruh - baxtiyor, yuzidan nur yog'iluvchi, ochiq chehrali, chiroyli ko'rkam. Fors-tojikcha.
  • Fayzbek - beklar avlodiga mansub fayz-barakali, omadli, saxovatli bola ma'nosida. O'zbekcha.
  • Fozil - bilimdon, dono, zukko, donishmand. Fozil - «fazlu-karomat sohibi» ma'nosida. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biridir. Arabcha.
  • Fayziddin - dinga foyda, yaxshilik, fayz keltiruvchi bola yoki dinning muruvvati, shafqati. Arabcha.
  • Farhod - aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono yigit. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari qahramoni Farhoddek tog'ni talqon qiluvchi bo'lsin. Fors-tojikcha.
  • Firdavs - jannat bog'i, jannat, sakkizinchi jannat nomi. Fors-tojikcha.
  • Fitrat - tabiiy, tug'ma; aqlu farosatli, aqlli, dono. Arabcha.
  • Fotih - g'olib, muzaffar; jasur, mard. Arabcha.


G'

  • G'afur - rahmdil, marhamatli, mag'firatli. Bu nom Allohning sifatlaridan birdir. Asli: Abdulg'afur. Arabcha.
  • G'affor - rahmdil, mehribon, shafqatli. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Asli: Abdulg'affor. Arabcha.
  • G'iyos - yordam, ko'mak, suyanch; yordamchi, suyanchiq, ishongan tog', qo'llovchi, ko'maklashuvchi. Arabcha.
  • G'ulom - o'tmishda hukmronlar saroyidagi yosh xizmatkor; «G'ulom» so'zi bilan boshlangan qator qo'shma ismlarning (G'ulomali, G'ulomiddin) qisqargan shakli. Arabcha.


H

  • Halil - suyukli, aziz, qadrdon, sodiq do'st; vafodor, sirdosh. Shakllari: Xalilbek, Xalilboy, Xaliljon. Arabcha.
  • Habib - suyukli, qadrdon, g'amxo'r do'st. Asli Habibulloh. Allohning suyuklisi va do'sti. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan biridir. Arabcha.
  • Hamdam - o'rtoq, sodiq, vafodor do'st. Otasiga, boshqa bolalarga do'st, esh bo'lib yursin. Fors-tojikcha.
  • Hayrulloh - Allohning xayru saxovati, muruvvati, tuhfasi. Arabcha.
  • Hamza - o'tkir, achchiq, kuydiruvchi, yondiruvchi, chirog' yoki dorivor o'simlik nomi. Bu nom Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning tog'alarining ismi bo'lgan. Arabcha.
  • Hamid - maqtovchi, madh qiluvchi, Allohga hamd-sano aytuvchi, shukr qiluvchi yoki hamid - issiq, qaynoq. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan birdir. Asli: Hamidulloh. Arabcha.
  • Hikmat - donolik, donishmandlik; mo'jiza. Badanida qandaydir g'ayritabiiy, ortiq belgi bilan tug'ilgan bola. Arabcha.
  • Hoji - ziyoratchi, sig'inuvchi, Hajga borgan, Ka'bani (Makkada) ziyorat qilgan shaxs. Arabcha.
  • Hojimurod - ulg'ayib hoji bo'lsin, murod-maqsadiga yetsin. Arabcha.


I

  • Ibodulloh - Allohning qullari, bandalari, mo'minlari. Arabcha
  • Iskandar - mard, qo'rqmas, dovyurak, azamat, pahlavon, jasurlarning sardori yoki himoya qiluvchi, asrovchi, muhofazakor. Buyuk sarakarda Iskandardek bo'lsin ma'nosida qo'yiladi. Yunoncha, o'zbekcha.
  • Iqbol - baxtu saodat, porloq kelajak, yorqin hayot. Arabcha.
  • Islom - o'zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo'ysungan. Mo'min. musulmon. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) olib kelgan din nomi. Arabcha.
  • Isroil - Alloh yo'lida kurashuvchi, Allohga itoat qiluvchi. Islomda Azroil o'lim farishtasi bo'lib, to'rtta asosiy farishtalardan biridir Ular: Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroil. Yahudiycha.
  • Ibrohim - xalqlarning otasi. Yahudiycha.
  • Izzat - hurmat, e'tibor, ikrom, e'tirof, ehtirom, qadr-qimmat, mehru muruvvat sohibi. Arabcha.
  • Izzatulloh - Allohning kuchi, qudrati, shonu shavkati, izzat-ikromga sazovor, hurmatli yoki Allohning hurmatli bandasi. Arabcha.
  • Imron - tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko'ruvchi, ko'p yashovchi. Qur'onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo'lgan. Arabcha.
  • Ihtiyor - ixityori, erki o'zida, xur, ozod, hech kimga qaram bo'lmagan, o'ziga xon, o'ziga bek. Arabcha.
  • Ikrom - izzat, ehtirom, obro', martaba, hurmat yoki sovg'a, tuhfa, hadya. Arabcha.
  • Ilyos - Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e'zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg'ambarning nomi. Quruqda Hizr bo'lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan. Arabcha.
  • Ismoil - «Xudo eshitdi» yoki Allohdan so'rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola. «Tavrot»dagi rivoyatga ko'ra, Ibrohim payg'ambarning xotini Hojar Allohdan farzand so'rab iltijo qilgan. Shu tufayli tug'ilgan bolaga Ismael(Ismoil) deb ism berilgan. Bu nom Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) o'g'illarining ismi bo'lgan. Yahudiycha.


J

  • Javlon - chiroyli va shahdam qadamlar tashlovchi, harakatchan, chaqqon, tezkor, javlon uruvchi, jo'shib toshuvchi. Arabcha.
  • Javohir - qimmatbaho toshlar, zebu-ziynatlar egasi, boy-badavlat bo'lsin yoki javohir toshidek bebaho, qimmatli ma'nosida. Arabcha.
  • Jalol - ulug', buyuk, ko'rkam. Arabcha.
  • Jaloliddin - dinning ulug'vorligi yoki dinning yuksak farzandi. Arabcha.
  • Jamol - chiroyli, nafosatli, hushro'y, ko'rkam bola. Eht: Jamol- tuyakash, tuyalarni yetaklovchi. Arabcha.
  • Jamshid - ulug', buyuk, qudratli. Fors-tojikcha.
  • Jasur - dovyurak, qurqmas, jasoratli. Arabcha.
  • Jahongir - olamni bo'ysundiruvchi, fath etuvchi, g'olib, muzaffar. Fors-tojikcha.
  • Jo'rabek - dustlikni qadrlovchi, ulfat, juralarni beki, do'stlari, jo'ralari ko'p bo'lsin. O'zbekcha.


K

  • Kamol - yetuk, mukammal, nuqsonsiz, bekamu-ko'st. Arabcha.
  • Kamoliddin - dinning ravnaqi, kamoloti, yetukligi yoki dinning kamolga yetgan, yetuk bo'lgan farzandi. Arabcha.
  • Komil - yetuk, barkamol, kam-ko'stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri bo'lgan. Arabcha.
  • Komron - baxtli, saodatli; maqsadiga erushuvchi; kuchli, qudratli, omadli, tolei porloq. Fors-tojikcha.
  • Kozim - sabrli, toqatli, vazmin, og'ir-bosiq; g'azabdan o'zini tutib tura oluvchi, jahlini boshqara oluvchi. Bu nom shiitlar imomi Musoning laqabi ham bo'lgan. Arabcha.
  • Kubad - hukmron, podshoh. Fors-tojikcha.


L

  • Laziz - yoqimtoy, shirin, aqlli, xushchaqchaq, ko'pchilikka hush keladigan bola. Arabcha.
  • Lochin - lochindek ziyrak, dovyurak, chaqqon, tezkor bola yoki lochin urug'iga mansub bola. O'zbekcha.
  • Lutfulloh - Allohning lutfu ehsoni, muruvvati, marhamati, tuhfasi. Arabcha.
  • Lutfi - iltifot, mehribonlik; nazokat, nafosat. Arabcha.


M

  • Mabruk - ko'ngilga yaqin, xayrixoh. Arabcha.
  • Mavdud - qadrli, suyukli. Arabcha.
  • Mavlon - ustoz, valine'mat, muruvvat, yaxshilik qiluvchi. Mavlon - Allohning sifatlaridan biri. Qar. Abdumavlon. Arabcha.
  • Madid - uzoq yashovchi, umri uzoq. Arabcha.
  • Mazbut - mahkam, mustahkam, himoya ostiga olingan. Arabcha.
  • Mansur - g'olib, peshqadam, sarkarda, yo'lboshchi, yengilmas. Arabcha.
  • Mardon - botir, dovyurak, mard, azamat. Fors-tojikcha.
  • Maqsud - hohlangan, istalgan, orzu qilingan, umid qilib kutilgan bola. Arabcha.
  • Mahan - eng go'zal, eng suluv, tengsiz husn sohibi. Arabcha.
  • Mahrus - saqlanuvchi, himoya qilinuvchi, himoya ostiga olingan. Arabcha.
  • Mahmud - maqtalgan, maqtovga sazovor, dongdor, atoqli. Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri. Arabcha.
  • Mahzan - boylik, xazina, g'azna, ganj. Arabcha
  • Ma'sud - baxtli, baxtiyor, saodatmand. Arabcha.
  • Ma'mur - boshqaruvchi, yetkachi, yo'l ko'rsatuvchi, (ma'muriyat - boshqarma); farovon hayot kechiruvchi. Arabcha.
  • Mirdas - baland martabali va yoshdek mustahkam. Arabcha, o'zbekcha.
  • Mirziyo - ulug' martabali o'g'ilning umri nurga (baxtga) to'la bo'lsin, ziyo tarqatuvchi. Arabcha.
  • Miron, Miran - amirlarning sardori, rahbari, yetakchi, yuqori turuvchi, oliy nasab. Arabcha.
  • Mohir - ustamon, bilag'on, qobiliyatli, har ishga mohir, o'z ishining ustasi. Arabcha.
  • Ma'ruf - taniqli, mashhur, atoqli, el bilgan, nomi chiqqan, ko'zga yaqin yoki kunbotar, shom paytida dunyoga kelgan bola. Arabcha.
  • Murod - murod-maqsadli yoki orzu qilingan, qo'msalgan bola. Ulg'ayib murod-maqsadiga yetsin. Arabcha.
  • Muzaffar - yenguvchi, g'olib, zafar qozonuvchi: shuhratli, xushbaxt, omadli. Arabcha.
  • Musulmon - Islom diniga e'tiqod qiluvchi; islom diniga bo'ysunuvchi; xudojo'y, Allohning sodiq quli. Arabcha.
  • Mufiz - fayz, baraka, muvaffaqiyat keltiruvchi. Arabcha.
  • Muhsin - karamli, marhamatli, mehribon. Arabcha.
  • Muhammad - maqtovga, olqishlarga sazovor. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka - 632, Madina) muborak ismlari. Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) Allohning eng yaqin do'sti, kamtarin, dunyoga kelgan eng so'nggi payg'ambardir. Arabcha.
  • Muhtor - tanlangan, saylangan, saralab olingan yoki o'z erki o'zida bo'lgan, hur, mustaqil, tobe bo'lmagan, qaramligi yo'q. Arabcha.
  • Munif - baland, martabali, baxtli, tolei baland. Arabcha.
  • Mustafo - tanlangan, saralab olingan, dovyurak. Bu nom Muhammad(s.a.v.)ning siyratlaridan biridir. Arabcha.
  • Mo'min - dinga sodiqligini til va iqror bilan hamda qalban tasdiqlovchi, imonli, xudojo'y, mo'min nomi Allohning sifatlaridan biri bo'lib, bandalarini asrovchi; ular xavfsizligini ta'minlovchi ma'nolarini anglatadi. Arabcha.


N

  • Nazrulloh - Allohga nazr qilingan, bag'ishlangan bola. Arabcha.
  • Nazif - pokiza, ozoda; beg'ubor, begunoh. Arabcha.
  • Narimon - qo'rqmas, botir, dovyurak, jasur, mard, bukilmas irodali, kuch-qudratli, azamat. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Najmiddin - dinning yulduzi, yorug'ligi, iqboli porloq kishisi. Arabcha.
  • Nasriddin - dinning g'olibi, dinning zafari yoki dinning ko'magi, yordami tufayli erishilgan bola. Arabcha.
  • Ne'matulloh - Allohning saxovati, marhamati, ne'mati. Arabcha.
  • Nosir, Nosirjon - yordamchi, ko'makchi, suyanchiq, madadkor yoki g'olib, muzaffar, muvaffaqiyat qozonuvchi. Bu nom Muhammad (s.a.v.) sifatlaridan biridir. Arabcha.
  • Nuriddin - dinning yog'dusi, ziyosi, din ma'shali, yorug'ligi, porloq nuri. Arabcha.
  • Nusratulloh - Allohning yordami, ko'magi; Allohning himmati, muruvvati yoki Alloh bergan baxt, omad. Arabcha.
  • Nusrat - yordam beruvchi, ko'makchi yoki g'olib, muzaffar, peshqadam. Arabcha.
  • Nurbek - beklar naslidan bo'lgan tolei baland, iqboli porloq, yuksaklarga intiluvchi, hayot yo'li yorug' bo'lgan bola. Arabcha, o'zbekcha.
  • Nizom - tartibli, intizomli, odobli o'g'il bo'lsin yoki marvarid shodasidek qimmatli, nodir. Arabcha.
  • Nizomiddin - dinning tartib-qoidalari; dinning bebaho va muqaddasligi yoki dinni tartibga soluvchi. Arabcha.
  • Nurlan - nurga, baxt-iqbolga to'la bo'lsin degan ma'noda. Arabcha.


O

  • Obid - toat-ibodat qiluvchi, taqvodor, dindor, Allohga sig'inuvchi, unga ibodat qiluvchi, osiy bo'lmagan mo'min banda. Arabcha.
  • Odil - haqgo'y, adolatli, insofli, to'g'ri, halol, pokdomon, egrilikni bilmaydigan, odil. Arabcha.
  • Oybek - beklar naslidan bo'lgan omadli, baxtli, oydek porloq bola yoki oybek urug'i (o'zbek urug'laridan biri)ga mansub bola. O'zbekcha.
  • Ozod - erkin, hur, ozod, xursand, baxtiyor yoki ulug', salobatli; kasalliklardan holi. Fors-tojikcha.
  • Ozodbek - beklar naslidan bo'lgan hur, baxtiyor, erkin, ozod, saodatmand bola. Fors-tojikcha, o'zbekcha.
  • Otabek - shahzoda, xonzoda, beklar boshlig'i, yetkachisi, sardori; ilg'or, obro'-e'tiborli, nasl-nasabli bola. O'zbekcha.
  • Olim - bilimli, aqlli, donishmand, ziyoli, farosatli, dono, bilguvchi, xabardor, ilm sohibi. Arabcha.
  • Orif - ma'rifatli, dono, ilmli, ziyoli, Allohni tanigan xudojo'y, taqvodor, itoatgo'y mo'min. Arabcha.
  • Oqil - aqlli, fahm-farosatli, zukko, dono bola. Shakllari: Oqiljon, Oqilxon, Oqilbek. Arabcha.
  • Omad - omadli, baxt-saodatli, tol'ei, mavqei baland, yuqori martabali bo'lsin ma'nosida qo'yiladi. Arabcha.
  • O'ktam - g'amxo'r, mehr-muruvvatli, oqibatli yoki mag'rur, viqorli, mustaqil, erkin. O'zbekcha.
  • O'tkir - keskir; mohir, aqlli, zakovatli, o'tkir. Bilimli, zehnli, ilmli. Dono, ziyrak bola. O'zbekcha.


Q

  • Qobil - iste'dodli, qobiliyatli, kuchli, yoki yuvosh, tarbiya ko'rgan yohud orzu-tilaklarimiz bajo bo'lib berilgan bola. Arabcha.
  • Qosim - taqsimlovchi. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning o'g'illarining ismi bo'lgan. Arabcha.
  • Qudrat - quvvatli, kuchli, qodir. Asli: Qudratulloh. Arabcha.


R

  • Ramziddin - dinning timsoli, ramzi, nishoni; dinga itoatkor, dinni o'zida gavdalantiruvchi. Arabcha.
  • Rafid - yordamchi, ko'makdosh. Arabcha.
  • Raxmatulloh - Allohning muruvvati, shavkati tufayli erishilgan bola, Allohning rahmati, marhamati va iltifotiga sazovor banda. Arabcha.
  • Ravshan - yorug', nurli, shu'lali, porloq, tiniq, beg'ubor. Pok, g'am-g'ussasiz, charog'on yoki iqboli porloq, tolei yorqin bola bo'lsin. Fors-tojikcha.
  • Rahim - rahm qiluvchi, mehribon, marhamatli. «Abdul» ya'ni qul qo'shimchasi qo'yilishi lozim. Abdulrahim. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Arabcha.
  • Rajab - hijriy yil hisobining yettinchi oyi - rajab oyida tug'ilgan bola. Arabcha.
  • Raif - mehribon, shafqatli, rahmdil. Arabcha.
  • Rauf - rahmdil, yumshoq ko'ngilli; oliyhimmat, saxiy. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Sol: Abdurauf. Arabcha.
  • Rashid - to'g'ri yo'ldan yuruvchi, to'g'ri yo'l topgan, kamolga yetgan, aqlli, dono yoki qo'rqmas, mard; boshliq, sardor. Sol: Abdurashid. Arabcha.
  • Rizvon - jannat, behisht; jannat eshigini qo'riqlovchi farishtaning nomi yoki Allohning yoqtirgan bandasi. Arabcha.
  • Rustam - «Avesto»dagi Raodastan so'zidan yasalgan bo'lib, ulkan gavdali, qudratli, botir, yengilmas, dovyurak, jasur, matonatli, bahodir. Pahlaviycha. Qo'shimcha ma'lumot: https://uz.wikipedia.org/wiki/Rustam


S

  • Sadriddin - dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinning ulug' namoyondasi. Arabcha.
  • Saloh - ezgulik, yaxshilik, haqqoniylik ma'nosida. Arabcha.
  • Saadi, Sa'di - baxtiyor, omadli. Arabcha.
  • Sadar - to'g'rilik, adolat; munosabat, maqsad. Arabcha.
  • Samandar - «Salamandra: o'tdan paydo bo'lib, o't ichida yashovchi, kalamushsimon, afsonaviy, hayvon (qush) nomi». Samandar o'sha nomning arabcha shakli. Ism sifatida chidamli, kuchli, irodali, mustahkam, toblangan ya'ni o'lmaydigan, yashaydigan, umri uzoq bo'ladigan ma'nolarini bildiradi. Arabcha, yunoncha.
  • Samir - suhbatdosh, hamsuhbat, dilkash inson yoki suvsardek qimmatli, qadrli, e'zozli. Arabcha.
  • Safir - elchi, vakil yoki ko'kish rangli yoqut; qimmatli, bebaho yohud yoqimli, maqbul. Arabcha.
  • Safo - tiniq, pokiza, ozoda yoki beg'am, osoyishta; baxtiyor, rohat-farog'atli; Ka'batullohdagi Safo - Marva tog'i sharafiga ham qo'yilgan. Arabcha.
  • Said - baxtli, saodatli, omadli, intiluvchan, iqboli porloq, kamolga yetuvchi. Arabcha.
  • Sa'dulloh - Alloh bergan baxt, saodat. Allohning baxtli, to'lei baland bandasi. Bu nom Muhammad (s.a.v.) payg'ambarning sifati bo'lgan. Arabcha.
  • Sarvar - yo'lboshchi, boshliq, rahnamo, yetakchi, ilg'or, peshqadam, sardor. Fors-tojikcha.
  • Sardor - yetakchi, rahnamo, yo'lboshchi, boshliq; urug' yoki qabila boshlig'i; lashkar boshlig'i; qo'mondon. Fors-tojikcha.
  • Sirojiddin - dinning nuri, mash'ali, quyoshi, oftobi. Nurli, porloq, yorqin, chiroyli, zebo. Arabcha.
  • Sodiq - sadoqatli, vafodor, rostgo'y, ishonchli, chin do'st. Arabcha.
  • Sobit - mustahkam, mahkam yoki kelishgan, xushbichim, chiroyli. Shakllari: Sobitboy, Sobitjon, Sobitbek, Sobitboy. Arabcha.
  • Sohib - ega, ho'jayin, do'st, hamdam, ilmu-fanda yo'lboshchi, yo'ldosh. Asli: Sohibiddin. Arabcha.
  • Sulaymon - himoyalangan, muhofazaga olingan yoki tinch, osoyishta. Ba'zilar “Tinchliksevar“ deb izohlashadi. Bu ism qadimiy yahudiy tilida - Sheloma, ar. Sulaymon, “Tavrot“ tilida - Solomon. Bu nom Sulaymon payg'ambarning ismidir. Yahudiycha.
  • Sulton - shoh, hukmdor ya'ni umri uzoq bo'lib, baland martabalar egasi bo'lsin. Arabcha.
  • Suhrob - qizil yog'du, yoqut, la'l. Bu nom «Shohnoma» dostoni qahramoni Rustamning ismidir. Pahlaviycha.


T

  • Tabris - me'ros, boylik, iftihor, ulug'vorlik. Arabcha, fors-tojikcha, tatarcha.
  • To'lqin - hayotda yayrab, yashnab, dengiz to'lqinidek jo'shqin bo'lib, to'lib toshib yursin degan ma'noda. O'zbekcha.
  • Tohir - pokiza, dog'siz, nuqsonsiz, begunoh. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning o'g'illarining ismi bo'lgan. Arabcha.
  • Toyip - hushbo'y, mehribon, yaxshi. Arabcha Tayib ismining o'zbekcha shakli.


U

  • Ubaydulloh - Allohning kichik quli, bandasi. Ubayd - qul, qulcha. Arabcha.
  • Ulug'bek - buyuk hukmron, buyuk sulton yoki beklarning beki. Amir Temur nabirasi, davlat arbobi va olim Ulug'bekdek yuqori martabali bo'lsin degan niyatda ham qo'yiladi. O'zbekcha.
  • Umid - orzu qilingan, umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola. Arabcha.
  • Umidulloh - Alloh erishtirgan orzu-umid, armon. Arabcha.
  • Umar - mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo'lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba'zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi. Arabcha.
  • Uzayr - kuchli, qudratli, “ko'makchi“. Qadimda Isroilda o'tgan payg'ambarlardan birining ismi. Arabcha.
  • Urfon - bilimli, ma'rifatli. Arabcha.
  • Usmon - siniqchi, singanlarni davolovchi, shikastband yoki og'ir, bosiq, mard, jasur. Bu nom Usmon ibn Affon (614-656 yillar) choryorlar deb yuritiluvchi halifalarning uchinchisining ismi. Arabcha.
  • Uchqun - hayoti nurli, yorug', nurli tolei porloq, iqboli baland, baxtiyor, saodatli va omadli, umri yorqin bola. O'zbekcha.


V

  • Vafo - vafoli, sadoqatli, sodiq, ishonchli; ota-onasini qadrlaydigan, hurmat-izzatini o'rniga qo'yadigan solih farzand. Arabcha.
  • Vosil - ayrilmas, ajralmas, subutli do'st yoki orzu qilib erishilgan farzand, visolga yetishgan. Arabcha.


Y

  • Yahyo - sahiy, muruvvatli, ochiq qo'l, bag'ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do'st. Payg'ambarlardan birining ismi. Yahudiycha.
  • Yunus - Iona, Ionis - kabutar. Shuningdek, Yunus payg'ambarning ismlari. Yahudiycha.
  • Yusuf - qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg'ambar o'g'li) arabcha shakli. Ma'nosi: o'sgan, ko'paygan. Yusuf nomi sharqda go'zallik, hushro'ylik timsolidir. Yusuf payg'ambarning ismlari. Arabcha, yahudiycha.
  • Yoqub - izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur. Yahudiycha.
  • Yoznur - yozda tug'ilgan o'gilni umri ravshan, nurli bo'lsin. Arabcha, o'zbekcha.
  • Yorbek - beklar nasliga mansub bola. Oiladagilariga hamroh, yo'ldosh bo'lib o'ssin. Fors-tojikcha, o'zbekcha.
  • Yorqin - hayoti (kelajagi) porloq, nurga to'la bo'lsin yoki mehrli, shavkatli, muruvvatli, samimiy, ko'ngli ochiq bola. O'zbekcha.


Z

  • Zafar - g'olib, zafar quchuvchi, g'alabaga erishuvchi, baxtli, saodatli, iqboli porloq, tolei baland. Arabcha.
  • Zayniddin - dinning ko'rki, go'zal husni bo'luvchi bola. Arabcha.
  • Zayd - tuhfa, in'om yoki ko'payish, qo'shilish. Arabcha.
  • Zoyir - ziyoratchi. Arabcha.
  • Zokir - Allohni zikr qiluvchi, Allohga itoat qiluvchi solih banda. Arabcha.
  • Ziyo - nurli, yorqin yoki baxtli, tolei baland. Shakillari (Ziyovuddin, Ziyoali, Ziyodulloh). Arabcha.
  • Zabir - mahkam, mustahkam; to'silgan, himoya qilingan; kuchli, qudratli. Arabcha.
  • Zohid - dindor, iymonu e'tiqodli. Xudojo'y, taqvodor, tarki dunyo qilgan. Asli Zohidulla, Zohiddin. Arabcha.
  • Zohir - nurli, ravshan, porloq, yoki ko'makchi, yordamchi, dastyor, suyanchiq, madadkor. Arabcha.
  • Zubayr - qudratli, aqlli, dono, idrokli, zehnli, baquvvat, bilagida kuchi bor.


SH

  • Shamsiddin - dinning quyoshi, yog'dusi, porloq vakili, din nurini tarqalishiga hissa qo'shuvchi. Arabcha.
  • Shahobiddin - yorug', porloq, chaqnoq yulduz, dinning nurli, zulmatni yorituvchi yorug' yulduzi. Arabcha.
  • Shahboz - shunqor, lochin, ya'ni dovyurak, mard; chaqqon, sezgir, shiddatkor, qudratli bo'lsin. Fors-tojikcha.
  • Shahzod - shohlar nasliga mansub bola, podshoh o'g'li, boy. Zodagon, sardor, hukmron va qirollardek savlatli, viqorli, obro'-e'tiborli. Fors-tojikcha.
  • Shahriyor - buyuk podshoh, shohlar shohi, shohanshoh. Fors-tojikcha.
  • Shodiyor - doimo quvnoqlik, shodlik, baxtiyorlik hamrohi bo'lsin ma'nosida. Fors-tojikcha, o'zbekcha.
  • Shukrulloh - Allohga shukr aytuvchi. Yoki, bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga cheksiz hamdu sanolar, shukronalar bo'lsin ma'nosida. Arabcha.
  • Sherzod - sherdek dovyuraklar, jasurlar avlodidan bo'lgan bola ma'nosida. Fors-tojikcha.

→ Ismlar qizlar uchun

→ Ushbu maqola kirill harflar bilan

O'zbekcha she'rlar

O'zbekcha ertaklar

O'zbekcha topishmoqlar

O'zbekcha tez aytishlar

O'zbekcha maqollar

Ruscha she'rlar

Ruscha ertaklar

Ruscha topishmoqlar

Ruscha tez aytishlar

Ruscha maqollar

Inglizcha she'rlar

Inglizcha ertaklar

Inglizcha topishmoqlar

Inglizcha tez aytishlar

Inglizcha maqollar

5