TOP-30 o'zbekcha tez aytishlar to'plami bolalar uchun
30 ta o'zbekcha tez aytishlar to'plami bolalar va kattalar uchun. Tez aytish - inson nutqining tetik va ravon bo'lishida yordam beradi va xotirani mustahkamlaydi. Bu to'plam orqali insonlar diqqatni jamlash, xotirani rivojlantirish va ona tilini o'yin tarzida o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'zbek tilida yozilgan ushbu tez aytishlar sizga ma'qul bo'ladi degan umiddamiz, marhamat!
- Sun'iy intellekt ishlab to'ymas, sun'iy sira haqiqiy bo'lmas
- Sport sog'lik keltirar, sog'lik sportchiga kelar
- Do'stimning do'stlari dalada, do'stlar daladagi daraxtda
- Quyosh chiqdi quyon chiqdi, quyoshda quyonga sabzi chiqdi
- Samolyot samoda sayr qilar, samolyotga bolalar xayr qilar
- Oltin o‘tloq - oq o‘tloq.
- Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish.
- Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi.
- Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi?
- Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi.
- Oq choynakka oq qopqoq, ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.
- Non yasashasizmi, sholi sanashasizmi?
- Ergash Erkinga ergashdimi, Erkin Ergashga ergashdimi?
- Tolib to‘pni tepib toldi, so‘ngra to‘pni sumkaga soldi.
- Salim sumkasiga patirni soldi, Salima sumkasidan atirni oldi.
- G'ani g'ildirakni g'izillatib g'ildiratdi
- Jamila jiydani joyiga joyladi.
- Lola arralaydi, Sora allalaydi.
- Ayiq asal yaladi, asalari taladi.
- Bedarak bedana bedazorda bedor bo‘ldi.
- Bu bo‘ri bo‘z bo‘rimas chiyabo‘ri.
- Bulturgi burgutni bugun Urgutda ko‘rdim.
- Chumchuq chug‘urchiqni cho‘qimasa, chug‘urchiq chumchuqni cho‘qimaydi.
- Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun quloq.
- Ikki ayiq qayiqqa qaradi, oq ayiq oldin qaradimi, qora ayiq oldin qaradimi?
- Jo‘ja cho‘chib, go‘ja cho‘qir.
- Qalin qorga qora qarg‘a zo‘rg‘a qo‘ndi, ana qara.
- Qo‘ng‘iroq qo‘zichoqnikimi, qo‘g‘irchoqnikimi?
- Shamol shovullab shovqin soldi, shalpangquloq qo‘rqqanidan shataloq otib qoldi.
-
Shu mushuk, shum mushuk, shumshuk mushuk.
—
—
