B harfiga ismlar o'g'il bolalar uchun (b harfidan ism)

  1. Bahodir — botir, dovyurak, mard, jasur. O'zbekcha, fors-tojikcha.
  2. Bobur — yo'lbars, arslon; Ulug', ulkan, buyuk; Tez gapiradigan odam ma'nolarida talqin qilingan. O'zbekcha.
  3. Botir — mard, jasur, qo'rqmas. O'zbekcha.
  4. Badriddin — dinning to'lin oyi va nuri, mash'ali. Dinning asl farzandi. Boshqa mo'minlarga o'rnak bo'luvchi xulqi yaxshi, niyati pok inson. Arabcha.
  5. Bahriddin — dinning nuri, yog'dusi, shu'lasi, dinning viqori, shukuhi yoki dinning nurli, e'tiqodli, iymonli, saodatmand kishisi. Arabcha.
  6. Bahtiyor — saodat, qut, istiqbol yor bo'lgan bola yoki shodon, quvnoq. Baxt-saodat, quvonch yor bo'lsin. Arabcha, fors-tojikcha.
  7. Bahrom — Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo'lsin. Fors-tojikcha.
  8. Behruz — baxtli saodatli kunda, shodiyonada tug'ilgan bola yoki bu bola tug'ilgan kun oilaga, yaqinlariga quvonch, shodlik olib kelgan. Fors-tojikcha.
  9. Bekzod — bek farzandi, beklar avlodiga, zotiga mansub bola. Viqorli, kuchli, mard bo'lsin. O'zbekcha, fors-tojikcha.
  10. Bahtbek — beklar avlodiga mansub baxtli, saodatli bola ma'nosida. Forscha, qozog'cha.
  11. Boymurod — boy-badavlat bola, ulg'ayib murodiga yetsin. Arabcha, o'zbekcha.
  12. Bekmurod — beklar avlodiga mansub murod-maqsadli bola berk (mustahkam) bo'lsin va ulg'ayib murod-maqsadiga yetsin. Arabcha, o'zbekcha.
  13. Bilol — uch kunlik oy, yangi tug'ilgan oy, (Hilol) yoki sog'lom bola. Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) ning sahobalaridan biri bo'lgan. Arabcha.
  14. Burhon — dalil, asos, isbot. O'rta asrlar hukmdorlari o'zlarini Burhoniddin, ya'ni dinning dalili, himoyachisi, dinni asrovchi deb yuritishgan va bu so'z ularning fahriy unvoni bo'lgan. Burhoniddin ismining qisqargan shakli. Arabcha.

O'g'il bola uchun ismlar boshqa harflar bo'yicha

Bitta maqolada barcha harflarga ismlar o'gil bolaga