F harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (f harfidan ism)

  1. Fazliddin     —      dinning yuksakligi, yoki dinning marhamati, in’omi, tuhfasi, fazliga yetishganligi. Arabcha.
  2. Faxriddin     —      dinning faxri, iftixori, shavkati, shoniu-sharafi, g‘ururi. Arabcha.
  3. Farruh             —      baxtiyor, yuzidan nur yog‘iluvchi, ochiq chehrali, chiroyli ko‘rkam. Fors-tojikcha.
  4. Fayzbek           —      beklar avlodiga mansub fayz-barakali, omadli, saxovatli bola ma’nosida. O‘zbekcha.
  5. Fozil               —      bilimdon, dono, zukko, donishmand. Fozil — «fazlu-karomat sohibi» ma’nosida. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biridir. Arabcha.
  6. Fayziddin      —      dinga foyda, yaxshilik, fayz keltiruvchi bola yoki dinning muruvvati, shafqati. Arabcha.
  7. Farhod              —      aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono yigit. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari qahramoni Farhoddek tog‘ni talqon qiluvchi bo‘lsin. Fors-tojikcha.
  8. Firdavs            —      jannat bog‘i, jannat, sakkizinchi jannat nomi. Fors-tojikcha.
  9. Fitrat               —      tabiiy, tug‘ma; aqlu farosatli, aqlli, dono. Arabcha.
  10. Fotih                 —      g‘olib, muzaffar; jasur, mard. Arabcha.