Top 50 ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun

  • Abdulloh            —       Allohning quli, suyukli bandasi. Muhammad (s.a.v.)ning otalarining ismi. Arabcha.

  • Abdurrahmon   —       o‘ta mehribon Allohning bandasi. Arabcha.

  • Abror          —         pokiza, toza qalbli, solih, taqvodor, iymonli; yaxshi, go‘zal hulq-atvor va fe’l egasi. Arabcha.

  • Akmal         —        yetuk, barkamol, mukammal va benuqson ma’nosida. Arabcha.

  • Alisher       —        sherdek jasur, dovyurak bo‘lsin va to‘rtinchi halifa Alidek kuch-qudrat, iymon va zakovat egasi bo‘lsin. Arabcha, Fors-tojikcha.

  • Anvar           —       yorug‘, nurli, charog‘on yoki iqboli porloq, tolei baland, hayotda omadli bola. Arabcha.

  • Axror            —       oliyjanob, himmatli, mehr-muruvatli, Hojai Ahror — oliyjanob deganidir. Arabcha.

  • Baxodir        —     botir, dovyurak, mard, jasur. O‘zbekcha, fors-tojikcha.

  • Baxtiyor      —     saodat, qut, istiqbol yor bo‘lgan bola yoki shodon, quvnoq. Baxt-saodat, quvonch yor bo‘lsin. Arabcha, fors-tojikcha.

  • Baxrom       —      Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo‘lsin. Fors-tojikcha.

  • Burxon        —       dalil, asos, isbot. O‘rta asrlar hukmdorlari o‘zlarini Burhoniddin, ya’ni dinning dalili, himoyachisi, dinni asrovchi deb yuritishgan va bu so‘z ularning fahriy unvoni bo‘lgan. Burhoniddin ismining qisqargan shakli. Arabcha.

  • Davron        —      davr sursin, umri shodon, baxtiyor o‘tsin, davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.

  • Javlon         —     chiroyli va shahdam qadamlar tashlovchi, harakatchan, chaqqon, tezkor, javlon uruvchi, jo‘shib toshuvchi. Arabcha.

  • Jasur          —     dovyurak, qurqmas, jasoratli. Arabcha.

  • Jaxongir    —    olamni bo‘ysundiruvchi, fath etuvchi, g‘olib, muzaffar. Fors-tojikcha.

  • Zafar          —        g‘olib, zafar quchuvchi, g‘alabaga erishuvchi, baxtli, saodatli, iqboli porloq, tolei baland. Arabcha.

  • Zokir          —        Allohni zikr qiluvchi, Allohga itoat qiluvchi solih banda. Arabcha.

  • Ibroxim     —        xalqlarning otasi. Yahudiycha.

  • Imron        —   tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan. Arabcha.

  • Ikrom         —      izzat, ehtirom, obro‘, martaba, hurmat yoki sovg‘a, tuhfa, hadya. Arabcha.

  • Laziz           —        yoqimtoy, shirin, aqlli, xushchaqchaq, ko‘pchilikka hush keladigan bola. Arabcha.

  • Mavlon       —      ustoz, valine’mat, muruvvat, yaxshilik qiluvchi. Mavlon — Allohning sifatlaridan biri. Qar. Abdumavlon. Arabcha.

  • Mansur      —        g‘olib, peshqadam, sarkarda, yo‘lboshchi, yengilmas. Arabcha.

  • Maxmud    —        maqtalgan, maqtovga sazovor, dongdor, atoqli. Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri. Arabcha.

  • Murod        —        murod-maqsadli yoki orzu qilingan, qo‘msalgan bola. Ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin. Arabcha.

  • Muzaffar    —       yenguvchi, g‘olib, zafar qozonuvchi: shuhratli, xushbaxt, omadli. Arabcha.

  • Muxammad     —     maqtovga, olqishlarga sazovor. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina) muborak ismlari. Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.) Allohning eng yaqin do‘sti, kamtarin, dunyoga kelgan eng so‘nggi payg‘ambardir. Arabcha.

  • Mustafo         —         tanlangan, saralab olingan, dovyurak. Bu nom Muhammad(s.a.v.)ning siyratlaridan biridir. Arabcha.

  • Nuriddin       —       dinning yog‘dusi, ziyosi, din ma’shali, yorug‘ligi, porloq nuri. Arabcha.

  • Oybek       —         beklar naslidan bo‘lgan omadli, baxtli, oydek porloq bola yoki oybek urug‘i (o‘zbek urug‘laridan biri)ga mansub bola. O‘zbekcha.

  • Orif           —      ma’rifatli, dono, ilmli, ziyoli, Allohni tanigan xudojo‘y, taqvodor, itoatgo‘y mo‘min. Arabcha.

  • Ravshan      —    yorug‘, nurli, shu’lali, porloq, tiniq, beg‘ubor. Pok, g‘am-g‘ussasiz, charog‘on yoki iqboli porloq, tolei yorqin bola bo‘lsin. Fors-tojikcha.

  • Rauf             —         rahmdil, yumshoq ko‘ngilli; oliyhimmat, saxiy. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Sol: Abdurauf. Arabcha.

  • Rizvon         —          jannat, behisht; jannat eshigini qo‘riqlovchi farishtaning nomi yoki Allohning yoqtirgan bandasi. Arabcha.

  • Rustam       —      «Avesto»dagi Raodastan so‘zidan yasalgan bo‘lib, ulkan gavdali, qudratli, botir, yengilmas, dovyurak, jasur, matonatli, bahodir. Pahlaviycha. Qo‘shimcha ma’lumot: https://uz.wikipedia.org/wiki/Rustam

  • Salox           —     ezgulik, yaxshilik, haqqoniylik ma’nosida. Arabcha.

  • Samandar   —      «Salamandra: o‘tdan paydo bo‘lib, o‘t ichida yashovchi, kalamushsimon, afsonaviy, hayvon (qush) nomi». Samandar o‘sha nomning arabcha shakli. Ism sifatida chidamli, kuchli, irodali, mustahkam, toblangan ya’ni o‘lmaydigan, yashaydigan, umri uzoq bo‘ladigan ma’nolarini bildiradi. Arabcha, yunoncha.

  • Sarvar        —      yo‘lboshchi, boshliq, rahnamo, yetakchi, ilg‘or, peshqadam, sardor. Fors-tojikcha.

  • Sardor       —      yetakchi, rahnamo, yo‘lboshchi, boshliq; urug‘ yoki qabila boshlig‘i; lashkar boshlig‘i; qo‘mondon. Fors-tojikcha.

  • Suxrob      —       qizil yog‘du, yoqut, la’l. Bu nom «Shohnoma» dostoni qahramoni Rustamning ismidir. Pahlaviycha.

  • Toxir         —     pokiza, dog‘siz, nuqsonsiz, begunoh. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning o‘g‘illarining ismi bo‘lgan. Arabcha.

  • Ulug‘bek        —       buyuk hukmron, buyuk sulton yoki beklarning beki. Amir Temur nabirasi, davlat arbobi va olim Ulug‘bekdek yuqori martabali bo‘lsin degan niyatda ham qo‘yiladi. O‘zbekcha.

  • Umar              —      mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi. Arabcha.

  • Farrux             —      baxtiyor, yuzidan nur yog‘iluvchi, ochiq chehrali, chiroyli ko‘rkam. Fors-tojikcha.

  • Farxod             —      aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono yigit. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari qahramoni Farhoddek tog‘ni talqon qiluvchi bo‘lsin. Fors-tojikcha.

  • Firdavs            —      jannat bog‘i, jannat, sakkizinchi jannat nomi. Fors-tojikcha.

  • Xamid             —     maqtovchi, madh qiluvchi, Allohga hamd-sano aytuvchi, shukr qiluvchi yoki hamid — issiq, qaynoq. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan birdir. Asli: Hamidulloh. Arabcha.

  • Sherzod          —     sherdek dovyuraklar, jasurlar avlodidan bo‘lgan bola ma’nosida. Fors-tojikcha.

  • Yusuf     —    qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari. Arabcha, yahudiycha.

  • Yaxyo    —      sahiy, muruvvatli, ochiq qo‘l, bag‘ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do‘st. Payg‘ambarlardan birining ismi. Yahudiycha.

 

TOP 50 ismlar qizlar uchun