O'zbekcha she'rlar to'plami bolalar uchun (16 ta mavzu)

Ushbu sahifada bolalar uchun o'zbekcha she'rlar to'plami keltirilgan. Bu to'plam ota-onalar va o'qituvchilar uchun bolalarni o'qitish va tarbiyalash jarayonida qo'llab-quvvatlovchi material bo'lib xizmat qiladi. O'zbek tilidagi she'rlar kichkintoylarning ijodiy salohiyatini oshirish, til bilimini rivojlantirish va insoniy qadriyatlarni o'rganishiga yordam beradi.
Kerakli she'rlar mavzusini tanlang:
› Ona tili & O'zbek tili haqida
Top-10 she'rlar o'zbek tilida
1) Onajon
Agar sorasalar jannatni mendan,
Onajonim oyogi ostida ana,
Bizni ulgaytirib barkamol qilgan,
Aziz suyanchigim, mexribon ona!
2) O'qituvchi
Bilim olib chinakam,
O’rganamiz harf, raqam.
Hammaga berar ta’lim,
O’qituvchi - muallim.
3) MAKTABIM
Jonajonim maktabim,
Qadrdonim maktabim,
Xuddi uyimdek aziz,
Oshiyonim maktabim.
Har kun tongda shoshaman,
Sinfdan sinfga oshaman
Bilimga qo'shib bilim,
Daryolardek toshaman.
Muallimlar mehribon,
O'rgatar olam jahon.
Doim faxr etaman,
Maktabim, sen onajon!
4) G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon!
Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon!
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g'ami vayron qilur,
G'ayrat qilib o'qing, o'glon!.
5) Ona tili
Har bir harf, bo'g'indan
Tuzamiz turli so'zlar.
Ozoda va chiroyli
Yozsak quvonar ko'zlar.
6) O'qish
She'r, hikoya, ertakni
Hech qiynalmay o'qiymiz.
O'qib bo'lgach albatta ,
O'qiganni uqiymiz.
7) Matematika
Karra jadvalni bilsang,
Ko‘paytirish oson ish,
Yodda tutgin, hayotda
Hisob kerak yoz-u qish.
8) Baliq
Hamisha yuraman jim,
Yo'qda boshqa ilojim.
So'zlay desam bir zumga,
Suv tiqilar og'zimga.
9) Dehqon
Dalasiga olib yo’l,
Dehqon ko’zlar hosil mo’l.
O’z ishiga u usta
Xirmon uyadi kuzda.
10) Vatan
Senga mehrim cheksizdir, aziz Oʻzbekistonim,
Boy tarixing eslasam, faxrlanar vujudim,
Sendan yiroqlashishga yoʻl qoʻymaydi vijdonim,
Mehring bilan ulgʻaydim, jannatmakon diyorim!
—
—
