F harfiga ismlar qizlar uchun (f harfidan qizlar ismi)

  1. Fazilat      —    yaxshi hislatlar egasi, go‘zal xulqi bilan boshqalardan afzal, ustun turuvchi. Arabcha.
  2. Farangiz    —    nur sochuvchi, ziyokor yoki go‘zal, suyukli, shu’la sochuvchi go‘zal qiz. Fors-tojikcha.
  3. Farida        —    bebaho, nodir, noyob, marvarid yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan qiz. Arabcha.
  4. Feruza          —    baxtli, iqboli baland, tolei porloq, saodatli qiz yoki firuza (ko‘k tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi. Fors-tojikcha.
  5. Fotima         —    fatiat — ko‘krakdan ajratilgan. Bu nom Muhammmad (s.a.v.)ning kenja qizlarining ismi bo‘lgan. Egizak qizlar tug‘ilganda kattasini Fotima deb nomlash millatimizda urfga aylangan. Arabcha.