Qizlar uchun chiroyli ismlar ro'yxati va ma'nosi (2024)

Ismlar qizlarga

Bu sahifada qizlar uchun ismlar ro'yxati joylashtirilgan. Hamma ismlar ma'nosi bilan yozilgan va alifbo bo'yicha terib chiqilgan. Marhamat, qiz farzandga chiroyli ism tanlang va tanlagan ismingizni ilm ahli (imomlar, domlalar) bilan tekshirib olishni unutmang.


A harfiga

  • Adiba     —    yozuvchi qiz, ziyoli, ilmli, ijodkor, ilhom izlagan, nazokatli, tarbiyali, odobli, namunali, iffatli qiz. Arabcha.
  • Aziza      —    qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, izzatli, noyob. Arabcha.
  • Akifa     —    g‘ayratli, shijoatli, xudojo‘y qiz. Arabcha.
  • Alima     —    bilimli, aql-zakovatli, dilkash qiz. Arabcha.
  • Anora      —    qizil holli, norli qiz. Fors-tojikcha.
  • Asal         —    asaldek shirin, totli, ya’ni yoqimtoy, suyukli, sevimli qiz. Arabcha.
  • Asila       —    aslzoda, nasli toza qiz, sof, pokiza, qalbi g‘uborsiz, benuqson qiz. Arabcha.
  • Asliya       —    sof, pokiza, toza; aslzoda. Arabcha.
  • Asolat      —    asllik, aslzoda, zoti pok yoki puxta, mustahkam. Arabcha.
  • Afzuna     —    ziyoda, ortiq, yuksak tutuvchi. Yuqoriga intilgan, qadrli, qimmatli. E’tiborga loyiq, yuksak martabali. Fors-tojikcha.
  • Afruza      —   oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul’ador, yondiruvchi, otashin. Ro‘za oyida tug‘ilgan chiroyli, oydek qiz. Fors-tojikcha.

B harfiga

  • Barno         —   yosh, navqiron, chiroyli, hushbichim, hushqad. Arabcha.
  • Barchinoy, Oybarchin — oy yuzli, oy chehrali qiz, iboli, hayoli, oqko‘ngil, qalbi pok, toza. O‘zbekcha.
  • Binafsha   —   binafsha guldek ko‘rkam, nafis, suluv qiz. O‘zbekcha.
  • Begoyim     —   beklar, aslzodalar avlodiga mansub, oliy nasab, viqorli, martabasi baland qiz. Fors-tojikcha.

D harfiga

  • Davriya           —    davr farzandi, zamon qizi. Arabcha.
  • Dilafruz      —    dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi, dil guli, dilni ochuvchi, yayratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik baxsh etuvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi. Fors-tojikcha.
  • Dilbar           —    yoqimli, yoqimtoy, ko‘ngilni oluvchi, maftun qiluvchi, go‘zal, suyukli, zebo. Fors-tojikcha.
  • Dildora         —    dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil, jasur, dovyurak. Fors-tojikcha.
  • Dilnoza         —    ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis dil sohibi. Fors-tojikcha.
  • Dilorom        —    ko‘ngilga taskin, orom beruvchi, huzur-halovat, osoyishtalik baxsh etuvchi; suyukli, sevimli qiz. Fors-tojikcha.
  • Dilrabo         —    dilni tortuvchi, qalbni maftun etuvchi, jozibali, latofatli, nazokatli, ko‘ngilni jalb qiluvchi, suyukli, yoqimtoy, oqko‘ngil, go‘zal qiz. Fors-tojikcha.
  • Dilso‘z            —    jonkuyar, mehribon, mushfiq, dildagi gaplarning egasi, chin so‘z. Fors-tojikcha.
  • Dilfuza         —    dilfiruza ismning o‘zgartirilgan shakli. Dilni yorituvchi, ko‘ngilga, qalbga shodlik, quvonch olib keluvchi, shavq bag‘ishlovchi, tengsiz, ko‘rkam. Fors-tojikcha.
  • Diyora              —     o‘lka, zamin, ona yurtning vafodor, fidokor, elim, yurtim deb yashovchi farzand. Arabcha.
  • Durdona          —    inju donasi, a’lo marvarid; eng aziz, qadrli, chiroyli, nafis, suluv qiz. Arabcha, fors-tojikcha.

E harfiga

  • E’zoza      —     hurmatga, izzat-ikromga, e’zozlanishga sazovor qiz. Arabcha.

F harfiga

  • Fazilat      —    yaxshi hislatlar egasi, go‘zal xulqi bilan boshqalardan afzal, ustun turuvchi. Arabcha.
  • Farangiz    —    nur sochuvchi, ziyokor yoki go‘zal, suyukli, shu’la sochuvchi go‘zal qiz. Fors-tojikcha.
  • Farida        —    bebaho, nodir, noyob, marvarid yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan qiz. Arabcha.
  • Feruza          —    baxtli, iqboli baland, tolei porloq, saodatli qiz yoki firuza (ko‘k tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi. Fors-tojikcha.
  • Fotima         —    fatiat — ko‘krakdan ajratilgan. Bu nom Muhammmad (s.a.v.)ning kenja qizlarining ismi bo‘lgan. Egizak qizlar tug‘ilganda kattasini Fotima deb nomlash millatimizda urfga aylangan. Arabcha.

G harfiga

  • Gavxar         —      gur, marvariddek bebaho qiz yoki asl, aslzoda. Fors-tojikcha.
  • Gulasal       —      guldek go‘zal, chiroyli, nafis, latofatli va boldek shirin, yoqimtoy suyukli, aziz qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Gulbaxor     —      bahor guli, ko‘klam chechagidek dilbar, suluv, sohibjamol, go‘zal qiz, bahorda uyg‘onish davrida tug‘ilgan qiz. Hayoti guldek chiroyli bo‘lsin ma’nosida. Fors-tojikcha.
  • Guljamol   —     guldek go‘zal husn sohibi, husni jamoli guldek zebo qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Guljaxon    —     baxtli kunlar, ya’ni baxtli, saodatli kunda tug‘ilgan. Hayotda baxtiyor, iqboli, porloq, tolei baland bo‘lsin. Fors-tojikcha.
  • Gulzira        —     zira gulidek yoqimtoy qiz. Fors-tojikcha.
  • Gulzoda         —    go‘zallar nasliga mansub, hurliqolar avlodidan bo‘lgan qiz, guldek nafis, latofatli, zebo va suluv. Fors-tojikcha.
  • Gullola        —    loladek, lolaguldek chiroyli qiz, lolalar ochilganda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha.
  • Gulnoza         —    gul kabi nafis, nozik va nozli, jilvali gul, yohud go‘zal va nozli qiz. Fors-tojikcha.
  • Gulnora        —    anor gulidek zebo, gul chehrali qiz yoki anor gullaganda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha.
  • Guloy             —    guldek va oydek zebo qiz yoki guldek yashnagan va oydek nurli, ko‘rkam qiz. Fors-tojikcha, o‘zbekcha.
  • Gulra’no      —   qizil guldek ko‘rkam, go‘zal, nafis, sohibjamol, o‘zidan chiroy taratuvchi qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Gulsora         —    saralangan, tanlangan gul, gullarning sarasi, a’losi, eng yaxshi qiz. Fors-tojikcha.
  • Gulchexra       —   gul yuzli, hushro‘y, sohibjmol, chiroyli, maftunkor, istarali, go‘zal chehrali suluv qiz. Fors-tojikcha.
  • Go‘zal              —   chiroyli, zebo, suluv, latofatli, jozibali, nazokatli. Fors-tojikcha.

H harfiga

  • Halima     —    muloyim, mehribon, rahmdil, mehrli, shafqatli, xushmuomala, beozor, suyukli qiz. Payg‘amabarimiz Muhammad (s.a.v.)ga oq sut bergan ayolning ismi. Arabcha.
  • Hanifa     —    rostgo‘y, pokiza, sodiq yoki mehribon, g‘amxo‘r. Arabcha.
  • Hilola      —    yangi oydek ko‘rkam qiz yoki yangi oy chiqqanida tug‘ilgan go‘zal husnli qiz. Arabcha.
  • Hosiyat       —    yaxshi sifatlar, fazilatlar, go‘zal hislatlar egasi yoki omadli, ishi yurishgan yoki xosiyatli kunda tug‘ilgan qiz. Arabcha.
  • Hurshida    —   quyoshdek husnu jamol sohibasi bo‘lgan go‘zal, suluv latofatli, zebo; oftobmonand qiz, quyosh farzandi. Fors-tojikcha.
  • Husnida      —   husniddin ismiga qiyosan yasalgan ism. Go‘zal va chiroyli xusn egasi bo‘lsin degan niyatda. Arabcha.
  • Husniya         —  go‘zal chehrali, chiroyli, latofatli, maftunkor yuzli, zebo qiz. Arabcha.
  • Husnora       —  bezangan, o‘ziga qaragan, zebo qiz; husnda tengsiz, o‘ziga munosib bo‘lgan, mos tushgan go‘zal husn, chiroy va latofat sohibasi. Arabcha, fors-tojikcha.

I harfiga

  • Iroda      —   istab orzu qilib erishilgan qiz yoki Allohning irodasi, muruvvati bo‘lgan qiz, yohud irodali, chidamli qiz. Arabcha.
  • Iffar    —   pokiza, ma’suma, bokira qiz. Arabcha.
  • Ifora     —   hushbo‘y, yoqimli iforli, nafis hid taratuvchi. O‘zbekcha.

J harfiga

  • Jamila        —      go‘zal, sohibjamol, maftunkor, nafis, suluv qiz. Arabcha.
  • Jasmina      —      jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul. Fors-tojikcha. (arabcha-Yasmina)
  • Jumagul       —     juma kuni tug‘ilgan guldek suluv, zebo, go‘zal qiz. Arabcha, fors-tojikcha.

K harfiga

  • Kamola     —   kamolga erishgan yetuk, zebo, ko‘rkam, mukmal inson. O‘zbekcha.
  • Karima     —   sahovatli, sahiy, qo‘li ochiq, mehribon, rahmli, qalbi pok qiz. Arabcha.
  • Komila     —   barkamol, yetuk, bekamu-ko‘st, namunali, ibratli qiz. Arabcha.
  • Kumush       —   kumushdek yorqin, qadrli, qiz yoki oq yuzli oqbadan go‘zal qiz. O‘zbekcha.

L harfiga

  • Laylo        —      tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (safsan)dek go‘zal qiz. Qadimiy yahudiy tilida: Liliya – Safsangul. Arabcha.
  • Latofat    —     nazokatli, mehribon, latofatli, pokiza, shavqatli, zebo qiz. Arabcha.
  • Lola           —     loladek yashnagan, nafosatli, chiroyli. ko‘rkam, go‘zal qiz yoki lolalar ochilgan payitda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha.
  • Lobar         —     go‘zal, ko‘rkam, kelishgan, yoqimtoy, nafis, hushfe’l, dilkash qiz. Arabcha.
  • Lutfiya      —     mehribon, dilkash, rahmdil, ko‘ngli pok qiz. Arabcha.

M harfiga

  • Mavluda      —     hosiyatli, yaxshi, muqaddas kunda tug‘ilgan qiz, umrida yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin, hayoti chiroyli o‘tsin. Arabcha.
  • Madina        —    Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgox bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism. Arabcha.
  • Malika        —    podshohning avlodiga mansub ulug‘ martabali ayol. Shohbonu, go‘zallar go‘zali, mahvashlar mahvashi, zakovatli sohiba. Malikalardek obro‘-e’tiborli bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Ushbu ism sohibalaridan biri Amir Temurning xotini, katta malika — Saroymulkxonim, Qozonxonning qizidir. Arabcha.
  • Maloxat       —    go‘zal, suluv, nafosatli, dilkash, malohatli, ko‘rkam qiz. Arabcha.
  • Marjona      —    dur, inju, marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho va suluv qiz. Fors-tojikcha.
  • Mastura        —    berkitilgan, yopiq yuzli, halol, pok, toza, pardali, iffatli, hayoli, iboli qiz. Arabcha.
  • Mafzuna       —    latofatli, chiroyli, go‘zallar ichida yagona, suluv va nafosatli qiz. Arabcha.
  • Mafruza       —    tanlab, saylab olingan. Arabcha.
  • Maxsuma        —    sof, pokiza, gunohsiz. Arabcha.
  • Mashxura       —    taniqli, obro‘-e’tiborli, odamlar nazarida bo‘lgan, hurmatli, e’zozli qiz. Arabcha.
  • Ma’mura        —   baxtli, nasibali, farovon yashovchi; boshqaruvchi, yetakchi, yo‘l ko‘rsatuvchi, boshliq. Arabcha.
  • Maqsuda          —   orzu qilingan, orziqib kutilgan qiz. Arabcha.
  • Maxbuba         —    suyukli, qadrli, aziz do‘st, dilbar, dilkash, ko‘ngli toza, sevilgan, dilbar qiz. Arabcha.
  • Maxfuza         —   himoyalangan, muhofazaga olingan yoki qo‘rg‘on, qasr, qal’adek mustahkam baquvvat, yengilmas. Arabcha.
  • Moxigul         —   oydek suluv, chiroyli va gul kabi ko‘rkam qiz, oyning chekkasidagi gul. Fors-tojikcha.
  • Moxidil        —   oydek go‘zal, maftunkor, suluv, qalbi pok, dili toza, go‘zal, fazilatli qiz. Fors-tojikcha.
  • Moxina           —   oyga o‘xshash, oymonand, nafis, nozik yoki yangi oy chiqqan paytda tug‘ilgan yoki yangi oydek suluv qiz. Fors-tojikcha.
  • Moxinur         —   oyning nuri, oydin, oydindek pokiza, suluv, chiroyli, oydek go‘zal qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Moxira            —  mahoratli, ustamon, puxta, pishiq, qo‘li gul, epchil, chaqqon, ozoda va saranjom qiz. Arabcha.
  • Muazzam           —  hurmatli, e’zozli, qadrli, e’tiborli qiz. Arabcha.
  • Muattar            —  xushbo‘y, yoqimli hid tarqatuvchi, atir sochuvchi, muattar hidli. Arabcha.
  • Mubina             —  jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y, latofatli, zebo qiz. Arabcha.
  • Muzayyana         —  bezangan, ziynatlangan, orasta. Arabcha.
  • Muqaddam         —  oldinda boruvchi, peshvo yoki oiladagi ilk, birinchi bola. Arabcha.
  • Muqaddas          —  tabarruk, aziz, qadrli yoki pokiza, sof, benuqson, ozoda, qutlug‘. Arabcha.
  • Mumtoz              —  tanlangan, saralangan, zo‘r. Arabcha.
  • Muniba              —  to‘g‘ri yo‘l (din yo‘li)ga kiruvchi; xudojo‘y, oqila inson degan manoni anglatadi. Arabcha.
  • Munira              —  nurli, ravshan, go‘zal, zebo, baxtli, saodatmand, nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, zebo qiz. Arabcha.
  • Munisa               —  do‘st, o‘rtoq, sirdosh; sodiq do‘st. Arabcha.
  • Muslima            —  musulmon, xudojo‘y ayol, soliha, Allohga itoat etuvchi mo‘mina qiz. Arabcha.
  • Muxlisa             —  oqko‘ngil qiz, xudojo‘y, muslima, mo‘mina qiz. Arabcha.
  • Muxsina             —  mehribon, yaxshiliklar qiluvchi, muruvvatli, hayirli amallarga intiluvchi, rahmdil qiz. Arabcha
  • Mushtariy         —  Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridor. Arabcha.
  • Muyassar              —  orzu qilib yurib erishilgan; Alloh erishtirgan, sovg‘a qilgan, muyassar qilgan qiz. Hayotidagi barcha orzulari, niyatlari muyassar bo‘lib ijobat bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Arabcha.

N harfiga

  • Nargiza      —     nargis (bo‘tagul) dek nozik, nafis, zebo, go‘zal qiz, ifori taraluvchan. O‘zbekcha.
  • Nasiba        —     rizqu-ro‘zli, nasibali qiz. Umri to‘kin-sochinlikda, bekamu-ko‘st o‘tsin, nasibali bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.
  • Nafisa       —     nafis, nozik, go‘zal, nafosatli, latofatli, foyda keltiruvchi, yaxshiliklar qiluvchi. Arabcha.
  • Nigora        —    go‘zal chehrali, sohibjamol, o‘ziga rom etuvchi, maftunkor, latofatli, jozibali, go‘zal, zebo, tengsiz husn sohibasi, yoqimtoy. Fors-tojikcha.
  • Nilufar      —   nilufar (savsan) o‘simligidek chiroyli, zebo qiz, o‘ziga maftun etuvchi. O‘zbekcha, hindcha.
  • Nodira         —   tengi yo‘q, yagona, tengsiz, bebaho, benazir, nodir, betakror, beqiyos go‘zallik sohibasi go‘zal, latofatli, zebo qiz. Arabcha.
  • Nozima         —   tartibga, intizomga rioya qiladigan, ya’ni tartibli, sarishta. Arabcha.
  • Noila            —   orzu qilingan, intiqib kutilgan qiz. Alloh bergan sovg‘a, tuhfa. Arabcha.
  • Nuriya            —   baxtli, shodon qiz, hayoti nurli ravshan; o‘zidan nur sochuvchi, oftobdek quvonchli qiz. Arabcha.

O harfiga

  • Ozoda      —   erkin, ixtiyori o‘zida; baxtli, baxtiyor yoki toza, pokiza, saranjom, tartibli, begunoh, beg‘ubor. Ba’zi manbalarada saxiy, oq ko‘ngil, qalbi pok deb ham izohlanadi. Fors-tojikcha.
  • Oygul       —  oydek suluv, go‘zallikda yorqin, guldek zebo, nafis, chiroyli, maftunkor, istarali qiz. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
  • Oynur      —  oy yog‘dusidek go‘zal, pokiza; nurafshon qiz. Arabcha, o‘zbekcha.
  • Oysha        —  yashovchi, barhayot, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (s.a.v.)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan. Arabcha.
  • Oliya         —  yuksak, oliy, ulug‘; e’zozli, izzatli, ulug‘vor, martabali, e’tiborli. Arabcha.
  • Omina       — omonlikda saqlanuvchi, ya’ni muhofaza qilingan ishonchli ravishda qo‘riqlangan, daxlsiz yoki rostgo‘y, vafodor. Omina — Muhammad (s.a.v.) onasining ismi bo‘lgan. Arabcha.
  • Orzu          —  ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg‘an yoki orziqib kutilgan qiz. Fors-tojikcha.
  • Osiyo          —  tegirmon yoki Osiyo qizi, Osiyo farzandi. Fors-tojikcha.

R harfiga

  • Rayona, Rayyona        —      Rayyon-jannat eshiklaridan biri. Bu eshikdan faqat ro‘za tutganlar kiritiladi. Arabcha.
  • Rayxona      —    nozbo‘y, iforli, rayhonday yoqimtoy, yoqimli, nafis, jozibali qiz. Muhammad (s.a.v.)ning ayollaridan birining nomi. Arabcha.
  • Ramziya        —    timsol, o‘rnak, namuna. Arabcha.
  • Rasifa, Rasixa        —       chidamli, mahkam, irodali qiz yoki pokiza, ozoda qiz. Arabcha.
  • Ra’no           —    qizil guldek go‘zal, chiroyli, latofatli, ra’no guldek suluv, purlatofat qiz. Arabcha.
  • Robiya            —   oiladagi to‘rtinchi bola yoki hijriy oy hisobining to‘rtinchi kunida tug‘ilgan bola. Arabcha.
  • Roziya            —   mamnun yoki maqbul tushuvchi, ma’qul keluvchi; yoqimli, suyukli, e’zozli, qadrli; rozilik, shukronalik, itoatgo‘ylik, mamnunlik bahsh etgan. Arabcha.

S harfiga

  • Saboxon     —    tong eli, shabadasi; yoqimli, muloyim yoki sahar paytida tug‘ilgan bola. Arabcha.
  • Saboxat     —    ko‘rkamlik, go‘zallik, malohat, oq yuzli go‘zal, sabo tongi shabadasi, nafislik chiroyi. Arabcha.
  • Sadoqat     —    vafodor, sodiq, chin samimiy do‘st, ishonish, suyanish mumkin bo‘lgan yaqin inson. Arabcha.
  • Saida         —    baxtli, omadli, tolei baland, iqboli porloq, saodatmand qiz. Arabcha.
  • Sayyora       —    tez harakat qiluvchi yulduz; sayyora planetasi yoki tolei baland, iqboli porloq, baxtli-saodatli qiz. Arabcha.
  • Salima      —    sog‘lom, umri uzoq qiz yoki samimiy, dilkash, ko‘ngli ochiq, vafodor qiz. Arabcha.
  • Samina      —    qadrli, izzat-obro‘li qiz yoki Samin (gul)dek chiroyli, zarif, latofatli qiz. Arabcha.
  • Samira       —    suhbatdosh, hamsuhbat, shirinso‘z, dilkash va ko‘ngli ochiq qiz. Arabcha.
  • Samiya        —     ziyrak, sezgir, dono qiz. Arabcha.
  • Sanobar     —     hushqomat, chiroy, daraxtning nomi, sanavbardek go‘zal, kelishgan, hushbichim, suluv qomatli qiz. Arabcha.
  • Saodat        —    baxtli, saodatli, baxtiyor, iqboli porloq, tolei balnd qiz. Arabcha.
  • Sarvinoz   —    tik qomatli, bo‘y-basti kelishgan, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz. Fors-tojikcha.
  • Safiya         —    aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan. Arabcha, yahudiycha.
  • Safura        —   yulduz, yorug‘ yulduz; yorqin, porloq; shukuhli, hashamatli, mag‘rur yoki sochlari sariq qiz. Arabcha.
  • Saxida         —   to‘g‘ri, barvasta qadli, go‘zal qomatli. Arabcha.
  • Sevara          —  suyukli, yoqimtoy, qadrli aziza qiz. O‘zbekcha.
  • Sitora         —   yulduz, baxtli, omadli, chiroyli, tolei baland qiz, yulduz kabi porloq. Arabcha.
  • Sojida        —   sajda qiluvchi, taqvodor, Allohga sig‘inuvchi, muslima mo‘mina qiz. Arabcha.
  • Solixa         —   salohiyatli, pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y, muslima qiz. Arabcha.
  • Soxiba          —   uyning egasi, bekasi, malikasi yoki do‘st, hayotdagi sodiq yo‘ldosh, suyukli rafiqa, sevilgan yor. Arabcha.

T harfiga

  • Taxmina      —   kuchli, qudratli; jasur. «Shohnoma» asari qahramoni Suhrobning onasini ismi. Arabcha.

U harfiga

  • Umida      —   orzu qilingan, umid bilan kutilgan qiz yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz. Arabcha.
  • Umriya      —   uzoq umr yashab hayoti barakali, chiroyli o‘tsin hamda qalbi toza pokiza qiz ma’nosida qo‘yiladi. Arabcha.

V harfiga

  • Vazira      —   ulg‘ayib vazira, martabali, obro‘li bo‘lsin ma’nosida niyat qilib qo‘yiladi. Erining soliha yordamchisi bo‘lsin ma’nosida ham. Arabcha.
  • Valiya        —   taqvodor, iymonu-e’tiqodli, xudojo‘y ayol. Arabcha.
  • Vasliya      —   visolga, murod-maqsadga, orzu-umid, go‘zal havasga intiluvchi, erishuvchi qiz. Arabcha.
  • Visola      —   tilab, so‘rab yurib erishilgan, kutib yetishilgan qiz yoki husnijamol, go‘zal, latofatli, suluv, chiroyli qiz. Arabcha.

Y harfiga

  • Yasmina    —    jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul. Arabcha. (fors-tojikcha-Jasmina)
  • Yorqinoy        —       hayoti nurli va oydek suluv qiz yoki mehribon dilkash qiz. O‘zbekcha.
  • Yulduz      —     yulduzdek yorug‘ yuzli, nurli, chiroyli, latofatli va suluv qiz. Tolei yulduzdek yuksak va iqboli porloq, hayoti nurga to‘la bo‘lsin. O‘zbekcha.

Z harfiga

  • Zaynab      —         to‘lachadan kelgan, semiz, durkun; kelishgan, go‘zal. Zaynab nomi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) qizlarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
  • Zaynura    —         go‘zal, zebo qiz. Arabcha.
  • Zamira      —         oliyjanob, vijdonli, pokdomon, iboli, ifffatli, pokiza qiz. Arabcha.
  • Zarina       —        zarli, oltinli, zarlangan, zarrin, chiroyli, go‘zal, ko‘z qamashtiruvchi husn sohibasi, suluv qiz. Fors-tojikcha.
  • Zarnigor   —        tilloga bezangan, zeblangan, bebaho, qadri baland, zarrin yoki sochlari tillodek jilvali, tovlanib turuvchi, chiroyli, maftunkor qiz. Fors-tojikcha.
  • Zarifa       —        pokiza, ma’suma, iffatli, nozik ta’b, fahm-farosatli, aqlli, oriyatli, hayo-iboli, munis, xushfahm qiz. Arabcha.
  • Zaxro           —        yorqin, ravshan, oq yuzli. Nurli, porloq, nur taratuvchi yoki intiluvchi, havas qiluvchi, oldinga intiluvchi. Arabcha.
  • Zebiniso    —       ayollarning eng go‘zali, zebosi, zebu-ziynati, latofati, jozibali, maftun qiluvchi, o‘ziga rom etuvchi chiroyda teng yo‘q qiz.  Arabcha, fors-tojikcha.
  • Zebo              —       chiroyli, go‘zal, suluv, husni jamoli nafis qiz. Fors-tojikcha.
  • Zulfiya        —       sochi o‘ralib tug‘ilgan, jingalak, jilvakor sochli qiz, suluv, latofatli, maftunkor zebo. Fors-tojikcha.
  • Ziyoda            —       qizlari yetarli (ziyoda) bo‘ldi, endigisi o‘g‘il bo‘lsin yoki umri ziyoda, uzun bo‘lsin, baxtli bo‘lsin. Badanda ortiqcha belgisi, ortig‘i bo‘lsa ham bu ism qo‘yiladi. Arabcha.
  • Zilola         —       tiniq buloq suvidek pokiza, sof, toza, beg‘ubor oqila qiz. Arabcha.
  • Zinnura       —       nurli, ravshan, chiroyli, dilbar qiz. Arabcha.
  • Ziroat          —       hosil, hosila. Mo‘l-ko‘lchilik, qut-baraka olib keluvchi qiz. Arabcha.
  • Zoxida          —       dindor, xudojo‘y, mo‘mina ayol. Arabcha.
  • Zulayxo        —       kichik, kenja qiz. Ism ma’nosi turli ko‘rinishda keladi. Ba’zilar sirg‘anchiq, silliq, muloyim deb ham talqin qilishgan. Yusuf payg‘ambarning ayollarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
  • Zulxumor     —        xumorli, qo‘msalgan, orziqib, intizor bo‘lib kutilgan qiz yoki dilbar, maftunkor, jozibali, ishvali, o‘ziga rom etuvchi. Arabcha.
  • Zumrad          —       yashil tusli qimmatbaho tosh, zumraddek qimmatli, bebaho, noyob, zebo, latofatli, suluv qiz yoki ko‘k ko‘zli qiz. Fors-tojikcha.

SH harfiga

  • Shaxzoda      —     shoh farzandi, shohlar nasliga mansub qiz. Yuqori martabali, mehribon, ko‘ngli toza obro‘-e’tiborli bo‘lsin. Fors-tojikcha.
  • Shaxina        —     shohlar avlodi vakillaridek mard, jasur, ziyrak, dovyurak, qo‘rqmas qiz. Fors-tojikcha.
  • Shaxlo           —     katta qora ko‘zli qiz, qora ko‘zli go‘zal, chiroyli, suluv, maftunkor qiz. Arabcha.
  • Shaxnoza       —     shohona, beklarcha yoki nozli karashmali, latofatli. Shohlar, aslzodalar avlodiga mansub nozik va zebo go‘zal qiz. Fors-tojikcha.
  • Shaxrizoda   —     shohlar, aslzodalar nasliga mansub ko‘rkam, chiroyli qomatli qiz; podshohzoda, shohzoda, viqorli. Fors-tojikcha.
  • Shirin           —     totli, chuchuk, lazzatli. Aziz, yoqimli, suyukli. Fors-tojikcha.
  • Shodiya            —     shodon, quvnoq, baxtiyor qiz. Shodlik, xursandchilik kuni tug‘ilgan qiz. Odamlarga shodlik olib keluvchi. Fors-tojikcha.
  • Shoira             —     so‘zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo‘lsin. Ulg‘ayib shoira bo‘lib she’rlar ijod qilsin ma’nosida. Forscha Shaere      — «shoir ayol» dan kelib chiqqan. Arabcha.