G harfiga qizlar ismlari (g harfidan qizlar ismi)
- Gavxar — gur, marvariddek bebaho qiz yoki asl, aslzoda. Fors-tojikcha.
- Gulasal — guldek go‘zal, chiroyli, nafis, latofatli va boldek shirin, yoqimtoy suyukli, aziz qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
- Gulbaxor — bahor guli, ko‘klam chechagidek dilbar, suluv, sohibjamol, go‘zal qiz, bahorda uyg‘onish davrida tug‘ilgan qiz. Hayoti guldek chiroyli bo‘lsin ma’nosida. Fors-tojikcha.
- Guljamol — guldek go‘zal husn sohibi, husni jamoli guldek zebo qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
- Guljaxon — baxtli kunlar, ya’ni baxtli, saodatli kunda tug‘ilgan. Hayotda baxtiyor, iqboli, porloq, tolei baland bo‘lsin. Fors-tojikcha.
- Gulzira — zira gulidek yoqimtoy qiz. Fors-tojikcha.
- Gulzoda — go‘zallar nasliga mansub, hurliqolar avlodidan bo‘lgan qiz, guldek nafis, latofatli, zebo va suluv. Fors-tojikcha.
- Gullola — loladek, lolaguldek chiroyli qiz, lolalar ochilganda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha.
- Gulnoza — gul kabi nafis, nozik va nozli, jilvali gul, yohud go‘zal va nozli qiz. Fors-tojikcha.
- Gulnora — anor gulidek zebo, gul chehrali qiz yoki anor gullaganda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha.
- Guloy — guldek va oydek zebo qiz yoki guldek yashnagan va oydek nurli, ko‘rkam qiz. Fors-tojikcha, o‘zbekcha.
- Gulra’no — qizil guldek ko‘rkam, go‘zal, nafis, sohibjamol, o‘zidan chiroy taratuvchi qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
- Gulsora — saralangan, tanlangan gul, gullarning sarasi, a’losi, eng yaxshi qiz. Fors-tojikcha.
- Gulchexra — gul yuzli, hushro‘y, sohibjmol, chiroyli, maftunkor, istarali, go‘zal chehrali suluv qiz. Fors-tojikcha.
- Go‘zal — chiroyli, zebo, suluv, latofatli, jozibali, nazokatli. Fors-tojikcha.
