H harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (h harfidan ism)

  1. Halil                 —       suyukli, aziz, qadrdon, sodiq do‘st; vafodor, sirdosh. Shakllari: Xalilbek, Xalilboy, Xaliljon. Arabcha.
  2. Habib                 —      suyukli, qadrdon, g‘amxo‘r do‘st. Asli Habibulloh. Allohning suyuklisi va do‘sti. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan biridir. Arabcha.
  3. Hamdam             —       o‘rtoq, sodiq, vafodor do‘st. Otasiga, boshqa bolalarga do‘st, esh bo‘lib yursin. Fors-tojikcha.
  4. Hayrulloh       —     Allohning xayru saxovati, muruvvati, tuhfasi. Arabcha.
  5. Hamza                —     o‘tkir, achchiq, kuydiruvchi, yondiruvchi, chirog‘ yoki dorivor o‘simlik nomi. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning tog‘alarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
  6. Hamid                —     maqtovchi, madh qiluvchi, Allohga hamd-sano aytuvchi, shukr qiluvchi yoki hamid — issiq, qaynoq. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan birdir. Asli: Hamidulloh. Arabcha.
  7. Hikmat              —     donolik, donishmandlik; mo‘jiza. Badanida qandaydir g‘ayritabiiy, ortiq belgi bilan tug‘ilgan bola. Arabcha.
  8. Hoji                  —     ziyoratchi, sig‘inuvchi, Hajga borgan, Ka’bani (Makkada) ziyorat qilgan shaxs. Arabcha.
  9. Hojimurod      —     ulg‘ayib hoji bo‘lsin, murod-maqsadiga yetsin. Arabcha.
  10. Hurram              —     hamisha shod-hurram, shodon, hayotdan baxra oluvchi, doim kulib turuvchi. Fors-tojikcha.