H harfiga ismlar qizlar uchun (h harfidan qizlar ismi)

  1. Halima     —    muloyim, mehribon, rahmdil, mehrli, shafqatli, xushmuomala, beozor, suyukli qiz. Payg‘amabarimiz Muhammad (s.a.v.)ga oq sut bergan ayolning ismi. Arabcha.
  2. Hanifa     —    rostgo‘y, pokiza, sodiq yoki mehribon, g‘amxo‘r. Arabcha.
  3. Hilola      —    yangi oydek ko‘rkam qiz yoki yangi oy chiqqanida tug‘ilgan go‘zal husnli qiz. Arabcha.
  4. Hosiyat       —    yaxshi sifatlar, fazilatlar, go‘zal hislatlar egasi yoki omadli, ishi yurishgan yoki xosiyatli kunda tug‘ilgan qiz. Arabcha.
  5. Hurshida    —   quyoshdek husnu jamol sohibasi bo‘lgan go‘zal, suluv latofatli, zebo; oftobmonand qiz, quyosh farzandi. Fors-tojikcha.
  6. Husnida      —   husniddin ismiga qiyosan yasalgan ism. Go‘zal va chiroyli xusn egasi bo‘lsin degan niyatda. Arabcha.
  7. Husniya         —  go‘zal chehrali, chiroyli, latofatli, maftunkor yuzli, zebo qiz. Arabcha.
  8. Husnora       —  bezangan, o‘ziga qaragan, zebo qiz; husnda tengsiz, o‘ziga munosib bo‘lgan, mos tushgan go‘zal husn, chiroy va latofat sohibasi. Arabcha, fors-tojikcha.