I harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (i harfidan ism)

  1. Ibodulloh        —      Allohning qullari, bandalari, mo‘minlari. Arabcha
  2. Iskandar          —      mard, qo‘rqmas, dovyurak, azamat, pahlavon, jasurlarning sardori yoki himoya qiluvchi, asrovchi, muhofazakor. Buyuk sarakarda Iskandardek bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi. Yunoncha, o‘zbekcha.
  3. Iqbol         —       baxtu saodat, porloq kelajak, yorqin hayot. Arabcha.
  4. Islom         —       o‘zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo‘ysungan. Mo‘min. musulmon. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) olib kelgan din nomi. Arabcha.
  5. Isroil       —       Alloh yo‘lida kurashuvchi, Allohga itoat qiluvchi. Islomda Azroil o‘lim farishtasi bo‘lib, to‘rtta asosiy farishtalardan biridir Ular: Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroil. Yahudiycha.
  6. Ibrohim    —        xalqlarning otasi. Yahudiycha.
  7. Izzat           —      hurmat, e’tibor, ikrom, e’tirof, ehtirom, qadr-qimmat, mehru muruvvat sohibi. Arabcha.
  8. Izzatulloh    —   Allohning kuchi, qudrati, shonu shavkati, izzat-ikromga sazovor, hurmatli yoki Allohning hurmatli bandasi. Arabcha.
  9. Imron             —   tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan. Arabcha.
  10. Ihtiyor        —      ixityori, erki o‘zida, xur, ozod, hech kimga qaram bo‘lmagan, o‘ziga xon, o‘ziga bek. Arabcha.
  11. Ikrom         —      izzat, ehtirom, obro‘, martaba, hurmat yoki sovg‘a, tuhfa, hadya. Arabcha.
  12. Ilyos             —      Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg‘ambarning nomi. Quruqda Hizr bo‘lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan. Arabcha.
  13. Ismoil        —      «Xudo eshitdi» yoki Allohdan so‘rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola. «Tavrot»dagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambarning xotini Hojar Allohdan farzand so‘rab iltijo qilgan. Shu tufayli tug‘ilgan bolaga Ismael(Ismoil) deb ism berilgan. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) o‘g‘illarining ismi bo‘lgan. Yahudiycha.