J harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (j harfidan ism)

  1. Javlon     —     chiroyli va shahdam qadamlar tashlovchi, harakatchan, chaqqon, tezkor, javlon uruvchi, jo‘shib toshuvchi. Arabcha.
  2. Javohir   —     qimmatbaho toshlar, zebu-ziynatlar egasi, boy-badavlat bo‘lsin yoki javohir toshidek bebaho, qimmatli ma’nosida. Arabcha.
  3. Jalol        —     ulug‘, buyuk, ko‘rkam. Arabcha.
  4. Jaloliddin     —    dinning ulug‘vorligi yoki dinning yuksak farzandi. Arabcha.
  5. Jamol       —     chiroyli, nafosatli, hushro‘y, ko‘rkam bola. Eht: Jamol- tuyakash, tuyalarni yetaklovchi. Arabcha.
  6. Jamshid    —     ulug‘, buyuk, qudratli. Fors-tojikcha.
  7. Jasur         —     dovyurak, qurqmas, jasoratli. Arabcha.
  8. Jahongir   —    olamni bo‘ysundiruvchi, fath etuvchi, g‘olib, muzaffar. Fors-tojikcha.
  9. Jo‘rabek     —    dustlikni qadrlovchi, ulfat, juralarni beki, do‘stlari, jo‘ralari ko‘p bo‘lsin. O‘zbekcha.