K harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (k harfidan ism)

  1. Kamol           —        yetuk, mukammal, nuqsonsiz, bekamu-ko‘st. Arabcha.
  2. Kamoliddin   —   dinning ravnaqi, kamoloti, yetukligi yoki dinning kamolga yetgan, yetuk bo‘lgan farzandi. Arabcha.
  3. Komil           —        yetuk, barkamol, kam-ko‘stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri bo‘lgan. Arabcha.
  4. Komron         —       baxtli, saodatli; maqsadiga erushuvchi; kuchli, qudratli, omadli, tolei porloq. Fors-tojikcha.
  5. Kozim            —        sabrli, toqatli, vazmin, og‘ir-bosiq; g‘azabdan o‘zini tutib tura oluvchi, jahlini boshqara oluvchi. Bu nom shiitlar imomi Musoning laqabi ham bo‘lgan. Arabcha.
  6. Kubad              —         hukmron, podshoh. Fors-tojikcha.