M harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (m harfidan ism)

  1. Mabruk           —     ko‘ngilga yaqin, xayrixoh. Arabcha.
  2. Mavdud           —     qadrli, suyukli. Arabcha.
  3. Mavlon           —      ustoz, valine’mat, muruvvat, yaxshilik qiluvchi. Mavlon — Allohning sifatlaridan biri. Qar. Abdumavlon. Arabcha.
  4. Madid             —       uzoq yashovchi, umri uzoq. Arabcha.
  5. Mazbut            —       mahkam, mustahkam, himoya ostiga olingan. Arabcha.
  6. Mansur           —        g‘olib, peshqadam, sarkarda, yo‘lboshchi, yengilmas. Arabcha.
  7. Mardon          —        botir, dovyurak, mard, azamat. Fors-tojikcha.
  8. Maqsud            —        hohlangan, istalgan, orzu qilingan, umid qilib kutilgan bola. Arabcha.
  9. Mahan              —        eng go‘zal, eng suluv, tengsiz husn sohibi. Arabcha.
  10. Mahrus            —        saqlanuvchi, himoya qilinuvchi, himoya ostiga olingan. Arabcha.
  11. Mahmud       —        maqtalgan, maqtovga sazovor, dongdor, atoqli. Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri. Arabcha.
  12. Mahzan           —     boylik, xazina, g‘azna, ganj. Arabcha
  13. Ma’sud       —        baxtli, baxtiyor, saodatmand. Arabcha.
  14. Ma’mur          —        boshqaruvchi, yetkachi, yo‘l ko‘rsatuvchi, (ma’muriyat — boshqarma); farovon hayot kechiruvchi. Arabcha.
  15. Mirdas           —        baland martabali va yoshdek mustahkam. Arabcha, o‘zbekcha.
  16. Mirziyo           —        ulug‘ martabali o‘g‘ilning umri nurga (baxtga) to‘la bo‘lsin, ziyo tarqatuvchi. Arabcha.
  17. Miron, Miran   —   amirlarning sardori, rahbari, yetakchi, yuqori turuvchi, oliy nasab. Arabcha.
  18. Mohir             —         ustamon, bilag‘on, qobiliyatli, har ishga mohir, o‘z ishining ustasi. Arabcha.
  19. Ma’ruf         —     taniqli, mashhur, atoqli, el bilgan, nomi chiqqan, ko‘zga yaqin yoki kunbotar, shom paytida dunyoga kelgan bola. Arabcha.
  20. Murod         —        murod-maqsadli yoki orzu qilingan, qo‘msalgan bola. Ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin. Arabcha.
  21. Muzaffar  —       yenguvchi, g‘olib, zafar qozonuvchi: shuhratli, xushbaxt, omadli. Arabcha.
  22. Musulmon  —        Islom diniga e’tiqod qiluvchi; islom diniga bo‘ysunuvchi; xudojo‘y, Allohning sodiq quli. Arabcha.
  23. Mufiz        —        fayz, baraka, muvaffaqiyat keltiruvchi. Arabcha.
  24. Muhsin       —        karamli, marhamatli, mehribon. Arabcha.
  25. Muhammad     —     maqtovga, olqishlarga sazovor. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina) muborak ismlari. Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.) Allohning eng yaqin do‘sti, kamtarin, dunyoga kelgan eng so‘nggi payg‘ambardir. Arabcha.
  26. Muhtor           —     tanlangan, saylangan, saralab olingan yoki o‘z erki o‘zida bo‘lgan, hur, mustaqil, tobe bo‘lmagan, qaramligi yo‘q. Arabcha.
  27. Munif            —         baland, martabali, baxtli, tolei baland. Arabcha.
  28. Mustafo         —         tanlangan, saralab olingan, dovyurak. Bu nom Muhammad(s.a.v.)ning siyratlaridan biridir. Arabcha.
  29. Mo‘min            —         dinga sodiqligini til va iqror bilan hamda qalban tasdiqlovchi, imonli, xudojo‘y, mo‘min nomi Allohning sifatlaridan biri bo‘lib, bandalarini asrovchi; ular xavfsizligini ta’minlovchi ma’nolarini anglatadi. Arabcha.