M harfiga ismlar qizlar uchun (m harfidan qizlar ismi)

  1. Mavluda      —     hosiyatli, yaxshi, muqaddas kunda tug‘ilgan qiz, umrida yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin, hayoti chiroyli o‘tsin. Arabcha.
  2. Madina        —    Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgox bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism. Arabcha.
  3. Malika        —    podshohning avlodiga mansub ulug‘ martabali ayol. Shohbonu, go‘zallar go‘zali, mahvashlar mahvashi, zakovatli sohiba. Malikalardek obro‘-e’tiborli bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Ushbu ism sohibalaridan biri Amir Temurning xotini, katta malika — Saroymulkxonim, Qozonxonning qizidir. Arabcha.
  4. Maloxat       —    go‘zal, suluv, nafosatli, dilkash, malohatli, ko‘rkam qiz. Arabcha.
  5. Marjona      —    dur, inju, marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho va suluv qiz. Fors-tojikcha.
  6. Mastura        —    berkitilgan, yopiq yuzli, halol, pok, toza, pardali, iffatli, hayoli, iboli qiz. Arabcha.
  7. Mafzuna       —    latofatli, chiroyli, go‘zallar ichida yagona, suluv va nafosatli qiz. Arabcha.
  8. Mafruza       —    tanlab, saylab olingan. Arabcha.
  9. Maxsuma        —    sof, pokiza, gunohsiz. Arabcha.
  10. Mashxura       —    taniqli, obro‘-e’tiborli, odamlar nazarida bo‘lgan, hurmatli, e’zozli qiz. Arabcha.
  11. Ma’mura        —   baxtli, nasibali, farovon yashovchi; boshqaruvchi, yetakchi, yo‘l ko‘rsatuvchi, boshliq. Arabcha.
  12. Maqsuda          —   orzu qilingan, orziqib kutilgan qiz. Arabcha.
  13. Maxbuba         —    suyukli, qadrli, aziz do‘st, dilbar, dilkash, ko‘ngli toza, sevilgan, dilbar qiz. Arabcha.
  14. Maxfuza         —   himoyalangan, muhofazaga olingan yoki qo‘rg‘on, qasr, qal’adek mustahkam baquvvat, yengilmas. Arabcha.
  15. Moxigul         —   oydek suluv, chiroyli va gul kabi ko‘rkam qiz, oyning chekkasidagi gul. Fors-tojikcha.
  16. Moxidil        —   oydek go‘zal, maftunkor, suluv, qalbi pok, dili toza, go‘zal, fazilatli qiz. Fors-tojikcha.
  17. Moxina           —   oyga o‘xshash, oymonand, nafis, nozik yoki yangi oy chiqqan paytda tug‘ilgan yoki yangi oydek suluv qiz. Fors-tojikcha.
  18. Moxinur         —   oyning nuri, oydin, oydindek pokiza, suluv, chiroyli, oydek go‘zal qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
  19. Moxira            —  mahoratli, ustamon, puxta, pishiq, qo‘li gul, epchil, chaqqon, ozoda va saranjom qiz. Arabcha.
  20. Muazzam           —  hurmatli, e’zozli, qadrli, e’tiborli qiz. Arabcha.
  21. Muattar            —  xushbo‘y, yoqimli hid tarqatuvchi, atir sochuvchi, muattar hidli. Arabcha.
  22. Mubina             —  jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y, latofatli, zebo qiz. Arabcha.
  23. Muzayyana         —  bezangan, ziynatlangan, orasta. Arabcha.
  24. Muqaddam         —  oldinda boruvchi, peshvo yoki oiladagi ilk, birinchi bola. Arabcha.
  25. Muqaddas          —  tabarruk, aziz, qadrli yoki pokiza, sof, benuqson, ozoda, qutlug‘. Arabcha.
  26. Mumtoz              —  tanlangan, saralangan, zo‘r. Arabcha.
  27. Muniba              —  to‘g‘ri yo‘l (din yo‘li)ga kiruvchi; xudojo‘y, oqila inson degan manoni anglatadi. Arabcha.
  28. Munira              —  nurli, ravshan, go‘zal, zebo, baxtli, saodatmand, nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, zebo qiz. Arabcha.
  29. Munisa               —  do‘st, o‘rtoq, sirdosh; sodiq do‘st. Arabcha.
  30. Muslima            —  musulmon, xudojo‘y ayol, soliha, Allohga itoat etuvchi mo‘mina qiz. Arabcha.
  31. Muxlisa             —  oqko‘ngil qiz, xudojo‘y, muslima, mo‘mina qiz. Arabcha.
  32. Muxsina             —  mehribon, yaxshiliklar qiluvchi, muruvvatli, hayirli amallarga intiluvchi, rahmdil qiz. Arabcha
  33. Mushtariy         —  Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridor. Arabcha.
  34. Muyassar              —  orzu qilib yurib erishilgan; Alloh erishtirgan, sovg‘a qilgan, muyassar qilgan qiz. Hayotidagi barcha orzulari, niyatlari muyassar bo‘lib ijobat bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Arabcha.