19 ta maqollar adolat, odillik va haqiqat haqida

Ushbu sahifada adolat, odillik va haqiqat so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami joylashtirilgan. (Адолат, хакикат, одиллик хакида маколлар ва хикматли сузлар узбек тилида.) Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Adolat qilichi keskir bo'lar.
  2. Adolat qilichi kesgan qo'l og'rimas.
  3. Adovat emas, adolat yengar.
  4. Odil kishi oyday,
    Oqib turgan soyday.
  5. Xalq hukmi — haq hukmi.
  6. Haqni nohaq etma,
    Nohaqni haq etma.
  7. Haq joyda qaror topar.
  8. Haq ishni xalq qo'llar.
  9. Haq nohaq bo'lmas.
  10. Haq egilar, nohaq sinar.
  11. Haq egilsa ham, sinmaydi.
  12. Haq o'tar, haqlik yutar.
    Haq — hamisha g'olib.
  13. Haq haqqa chiqar,
    Nohaqning bo'yni sinar.
  14. Haqiqat o'tda ham kuymas,
    Suvda ham cho'kmas.
  15. Haqiqat qilni qirq yorar.
  16. Haqiqatning yuzi — yorug', qo'li — uzun.
  17. Haq gap haqiqdan qimmat.
  18. Haqiqat oltindan qimmat.
  19. Yolg'on uzoqqa ketsa ham,
    Haqiqat quvib yetar.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar