27 ta maqollar ahillik, birlik, inoqlik va jamoa haqida

Ushbu sahifada ahillik, birdamlik, inoqlik va jamoatchilik haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Ahil ishlasang, ish unar,
    Har mushkul oson bo'lar.
  2. Ahil oila — baxtli,
    Noahil oila — vaqtli.
  3. Ahillikda ish bitar,
    Ish bitsa ham, qish bitar.
  4. Baraka — inoqlikda,
    Boqiylik — quvnoqlikda
  5. Boylik boylik emas,
    Ahillik — boylik.
  6. Yolg'iz aql o'zi yaxshi,
    Ikki bo'lsa, yana yaxshi.
  7. Inoqlik jon kiritar.
  8. Ittifoq bitar, noittifoq yitar.
  9. Ko'mak bo'lsa har ishga,
    Bitadi qolmay qishga.
  10. Mayizni bo'lib yesa, qirq kishiga yetar.
  11. Og'a-ini totuv bo'lsa, ot ko'p,
    Opa-singil totuv bo'lsa, osh ko'p.
  12. Uyurli qo'ydan bo'ri ham qo'rqar.
  13. Qars ikki qo'ldan chiqar.
  14. Qo'llashib ko'targan yuk yengil.
  15. Hamjihatlik — davlat,
    Yolg'izlik - kulfat.
  16. Bo'rini ko'rsa, ovul iti birlashar.
  17. Birlashgan daryo bo'lar,
    Tarqalgan irmoq bo'lar.
  18. Birlashgan yovni qaytarar.
  19. Birlashgan kuch yengilmas.
  20. Birlashgan — o'zar,
    Birlashmagan — to'zar.
  21. Birlikda baraka bor.
  22. Baraka — ko'pchilikda.
  23. Yolg'iz daraxt o'rmon bo'lmas.
  24. Bir kalla — kalla,
    Ikki kalla — tilla.
  25. Bir kishi ming kishi uchun,
    Ming kishi bir kishi uchun.
  26. Hikmat — birlikda
  27. Egachi-singil inoqligi —
    Oilaning quvnoqligi.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar