48 ta maqollar qiz, ayol, xotin haqida
Ushbu sahifada qizlar, ayollar, xotinlar haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Yaxshi qiz erta turib, soch tarar,
Yomon qiz erta turib, non so'rar. - Terakka qarab, tol o'sar.
Onaga qarab, qiz o'sar. - Qiz bersang, otasiga qarab ber,
Qiz olsang, onasiga qarab ol. - Eringan qiz erdan qolar.
- Yomonga qiz tugul, tuz ham berma.
- Gul o'ssa — yerning ko'rki,
Qiz o'ssa — elning ko'rki. - Qiz bola — gul-lola.
- Qiz bola — uy ziynati.
- Shoshgan qiz erga yolchimas.
- Yaxshi qiz — uy obro'si.
- Bir qiz erga tegsa,
Qirq qiz tush ko'rar. - Qiz ko'ngli — qizigan tandir.
- Qarindoshdan qarz olma,
Qarindoshga qiz berma. - Musofirga qiz berma,
Shahri — ikki,
ko'ngli — ikki. - Qiz chog'im — sulton,
Kelin chog'im — ulton. - Ayol tilini ayol bilar.
- Aqlsiz xotin husnini ko'z-ko'z qilar,
Aqlli xotin — aqlini. - Aqlli xotin — uy ko'rki,
Chiroyli xotin — ko'cha ko'rki. - Nozsiz xotin — yolqinsiz o'tin.
- Er topuvchan bo'lsa,
Xotin taquvchan bo'lar. - Shaharda bir xotin bo'lsa,
Zargar ochidan o'lmas. - Xotining yaxshi bo'lsa,
Bu dunyoning charog'i. - Epli xotin uyni tutar orasta,
Epsizda uy to'ri latta-putta. - Kumush xotin kunda — kasal,
Oltin xotin oyda — kasal. - Uyga jihoz yarashar,
Xotinga — libos. - Xotin — bo'yin, er — bosh.
- Xotin — uy bezakchisi,
Er — uy ko'makchisi. - Xotin — uyning ziynati,
Er — mehnati. - Xotin — uyning chirog'i.
- Xotin — umr yo'ldoshi.
- Xotin yaxshi — er yaxshi.
- Xotining yaxshi bo'lsa, yoqang oqarar,
Xotining yomon bo'lsa, soqoling oqarar. - Xotinli ro'zg'or guldir,
Xotinsiz ro'zg'or cho'ldir. - Xotinning yomoni — erning zavoli,
Xotinning yaxshisi — erning kamoli. - Xotinning chiroyi — erdan.
- Er-xotin — qo'sh ho'kiz.
Er-xotin — qo'shqanot. - Er qayerda bo'lsa, xotin ham shu yerda.
- Erdan — sadoqat, xotindan — itoat.
- Erni er qiladigan ham xotin,
Qaro yer qiladigan ham xotin. - Er-u xotin urushar,
O'rtaga nodon tushar. - Urishqoq xotin bor qishloqqa qo'riqchining hojati yo'q.
- Xotinni tanlab ol,
Gulni — hidlab. - Xotin chiroyi — erdan,
Hosil chiroyi — yerdan. - Yaxshi xotin arpa unni kabob qilar,
Yomon xotin bug'doy unni xarob qilar. - Yaxshi xotin — uy ziynati,
Yomon xotin — to'y ziynati. - Yaxshi xotin — xazina.
- Yaxshi xotin yuzida oy ko'rinar,
Yomon xotin qovog'idan qor yog'ilar. - Yaxshi xotin — hamisha bahor.