29 ta maqollar bekorchilik, dangasalik va ishyoqmaslik haqida
Ushbu sahifada bekorchi, ishyoqmas, erinchoq va dangasa so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Bekordan xudo bezor.
- Bekor o'tirguncha, bekor ishla.
- Bekorchidan — bemaza gap.
- Bekorchidan el bezor,
So'zidan ko'ngil ozar. - Bekorchilik — bemazachilik.
- Bekorchining beti yo'q,
Qozon osar eti yo'q. - Bekorchining hunari — g'iybat.
- Bekorchidan bezib qoch,
Chaqimchidan — ko'chib. - Ishyoqmas rohat topmas.
- Ishyoqmas o'roqchi o'roq tanlar.
- Ishyoqmas itga ham yoqmas.
- Ishyoqmasga so'z yoqmas.
- Ishi yo'q chivin tutar.
- Ishi yo'qning ko'rki yo'q.
- Ishi yo'qning rizqi yo'q.
- Ishchan tilagi — tong ota qolsa,
Erinchak tilagi — kun bota qolsa. - Erinchoq ikki ishlar,
Oxiri barmog'ini tishlar. - Erinchoqning qo'li yetmas,
Qo'li yetsa ham, ishi bitmas. - Erinchoqning qo'li qisqa,
Erinmaganning — yo'li. - Erinchoqqa ish buyursang,
Senga aql o'rgatar. - Ahmoqning kulgusi ko'p,
Dangasaning — uyqusi. - Dangasaga bulut soyasi ham yuk.
- Dangasaga ish buyursang,
Otangdan ortiq nasihat qilar. - Dangasaga ish buyursang,
Senga aql o'rgatar. - Dangasaga ostona tepa bo'lib ko'rinar.
- Dangasaning ishi bitmas,
Yoz kelsa ham qishi bitmas. - Dangasaning g'ayrati ish bitganda qo'zir.
- Dono — bir joyda,
Dangasa — har joyda. - Ish ishtaha ochar,
Dangasa ishdan qochar.