36 ta maqollar bolalar, bolalik haqida

Ushbu sahifada bola so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Bola — aziz, odobi undan aziz.
  2. Odobli bola elga manzur.
  3. Bolada gina bo’lmas.
  4. Bolali uy — bozor,
    Bolasiz uy — mozor.
  5. Bolalik — podsholik.
  6. Bolaga ish buyur,
    Orqasidan o‘zing yugur.
  7. Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum.
  8. Yolg‘iz tuya baqiroq bo‘lar,
    Yolg‘iz bola yig‘loq bo‘lar.
  9. To‘g‘ri bola o‘stirsang,
    Xalq ichida sher bo‘lar.
    Egri bola o‘stirsang,
    Ikki ko‘zi ko‘r bo’lar.
  10. Yomon bola ko’zidan,
    Bilinadi so‘zidan
  11. Yaxshining bolasi to‘rga tortar,
    Yomonning bolasi — eshikka.
  12. Ko‘p qarining ichida,
    Bir bola dono bo’lur.
    Ko‘p bolaning ichida,
    Bir qari bola bo’lur.
  13. Aqli kirmagan qaridan,
    Ziyrak tug’ilgan bola yaxshi.
  14. Aqlli bolaga mol na kerak.
  15. Bo’lar bola o‘n beshida
    Boshman, deydi.
    Bo‘lmag‘uri o’ttizida
    Yoshman, deydi.
  16. Bo’lmaganga bo‘lishma,
    Bolaning o‘rtasiga tushma.
  17. Odam bo’ladigan bola olisga qarar.
  18. Bola boqqandan olov yoqqan yaxshi.
  19. Bola ko’rganini qilar,
    Ota — bilganini.
  20. Bola — loy, ona — kulol.
  21. Bola tuqqanniki emas tarbiyalaganniki.
  22. Bolani so‘ksang, beti qotar,
    Ursang, eti qotar.
  23. Ota g‘ayratli bo’lsa,
    Bola ibratli bo’lar.
  24. Yaxshi bola yog’ keltirar.
    Yomon bola dog‘ keltirar.
  25. Yaxshi boladan rahmat,
    Yomon boladan — la’nat.
  26. Qiz bola — gul-lola.
  27. Qiz bola — uy ziynati.
  28. Quyon otolmaganning bolasi arslon otibdi.
  29. Bolali uyda sir yotmas,
    Bolasiz uyda kir yotmas.
  30. Men kuyarman bolamga,
    Bolam kuyar bolasiga.
  31. Arazlagan bolaga osh totli.
  32. Bola yig‘lamasa, ona sut bermas.
  33. Beshikdagi bolaning bek bo’lishini kim bilar.
  34. Bolani bola dema, pand yeysan.
  35. Bolasini maqtagan onadan qo‘rq.
  36. Qarilik — bolalik.