49 ta maqollar botirlik, jasurlik va mardlik haqida
Ushbu sahifada botir, jasur va mard so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- El kuyunganda kuyungan — botir,
El suyunganda suyungan — botir. - Botir botir emas,
Jon saqlagan — botir. - Botir botqoqdan ham o'tar,
Qatqoqdan ham. - Botir boshga balo tegmas.
- Botir yovsiz bo'lmas.
- Botir yarasiz bo'lmas.
- Botirga ham jon kerak.
- Botirdan o'lim ham qo'rqar.
- Botirning kulgani — elning kulgani.
- Dovni yenggan botir emas,
Yovni yengan botir. - Yigitning botirini maydonda sina.
- Yo'lbarsni yenggan emas, jahlni yenggan — botir.
- Ko'z — qo'rqoq, qo'l — botir.
- Tilingni botir qilma,
O'zingni botir qil. - Yuz qo'rqoqdan bir botir afzal.
- O'zing botir bo'lsang
Qurolning keragi yo'q. - Botirdan yaxshi ish qolar,
Donodan — so'z. - Avrasang, oqil bo'lar,
Bovrasang, botir bo'lar. - It o'z uyida — botir.
- Hiyla ham o'z o'rnida botirlik.
- Hiylasiz botir o'zini yovga oldirar.
- Qo'rqoq bo'lma, botir bo'l,
O'z elinga shotir bo'l. - Jasur bo'lsang, yov qaytar.
- Jasur bo'lsang, yovga chop.
Jasur jangda sinalar. - Jasur jangdan qo'rqmas,
Yovdan sira hurkmas. - Mardning mardi maydonda sinalar,
Yigitning yigiti — mehnatda. - Aybiga iqror mard kishi,
Yashirmoq — qo'rqoq ishi. - Yigitga mardlik yarashar.
- Mard berib xursand bo'lar,
Nomard — olib. - Mard bir marta o'lar,
Qo'rqoq — yuz marta - Mard boshini qilich kesmas.
- Mard yiqilsa, maydonda qolar.
- Mard yo'lida g'ov qolmas.
- Mard nomardga tiz cho'kmas.
- Mard o'zidan ko'rar,
Nomard — o'zgadan. - Mardga manzil ko'p.
- Mardlik yiqitmoq emas, turg'izmoq.
- Mardlik — mangulik.
- Mardlik sotib olinmas.
- Mardni mehnat yengolmas.
- Maslahatni marddan so'ra.
- Bir gapirgan — mard.
- Suv keltirar mard kishi,
Ekin ekar har kishi. - O'z aybini bilgan — mard.
- Va'daga vafo — mardning ishi,
Va'dasiz — subutsiz kishi. - Yo'qchilik mard qo'lini bog'lar.
- Olis yo'l otni sinar,
Og'ir yo'l mardni sinar. - Mardlik — kishining husni.
- Mardning noni — butun.