21 ta maqollar BOZOR haqida
Ushbu sahifada bozor so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Bozor bilgan och qolmas,
Yo’l tanigan kech qolmas. - Bozori yaqin boyimas.
- Bozor borsang, avval oqshomdan taraddud ko‘r.
- Bozorga kech bor, erta qayt.
- Boringga qarab bozor qil.
- Bozoringni o‘zing qil,
Tegirmoningni o‘zing tort. - Yaxshi bilan yursang,
Kunda bozor.
Yomon bilan yursang,
Ko‘ngling ozar. - Otang — bozor, onang — bozor.
- Aql bozorda sotilmas.
- Odob bozorda sotilmas.
- Oyda-yilda bir bozor,
Uniyam yomg’ir buzar. - Ot bozori — baxt bozori.
- Somon-u xashakning bozori bor,
Lola-yu gulning xaridori bor. - Bozorim bozor emas, ovulim — bozor.
- Bozorning ota-onasi yo’q.
- Mozoring yaqin bo‘lsa ham,
Bozoring yaqin bo‘lmasin. - Bozordagi botmon quyruq,
Taroziga tortgan quyruq. - Uydagi narxni bozordagi baho buzar.
- Uydagi hisob bozorga to‘g‘ri kelmas.
- Bozor ko’rgan echkidan qo‘rq.
- Bozorda bari bor,
Puling bo’lmasa, nari bor.