23 maqollar BUG’DOY haqida

Ushbu sahifada bug’doy so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Bug’doydan—bug’doy,
    Arpadan—arpa.
  2. Bug‘doyning borar joyi — tegirmon.
  3. Haromzoda bug’doy ko’rsatib, arpa sotar.
  4. Qoramiq donasi bo’lguncha,
    Bug’doyning somoni bo‘l.
  5. Bug‘doy noning bo’lmasin,
    Bug’doy so‘zing bo’lsin.
  6. Arpa-bug’doy bir kuningga yaraydi,
    Sodiq do’sting o’lguningcha yaraydi.
  7. 0‘zgani bug‘doy bilsang,
    0‘zingni somon bil.
  8. Yaxshi xotin arpa unni kabob qilar,
    Yomon xotin bug’doy unni xarob qilar.
  9. Gap unda emas, bug’doyda.
  10. Yo’q bug‘doyga yo’q tegirmon.
  11. Bug’doy noning bolmasa ham,
    Ochiq yuzing bolsin.
  12. Non qiyshiq emas, bug‘doyi qiyshiq.
  13. Arpaning doni bo’lguncha,
    Bug‘doyning somoni bol.
  14. Arpa ekib, bug’doy kutma.
  15. Bug’doy bo’lsa, o’lchov topilar.
  16. Uzoqning bug‘doyidan
    Yaqinning somoni afzal.
  17. Chiqmagan bug‘doyga — o‘tmagan o‘roq.
  18. U yog’im bug’doy, bu yog’im bug‘doy,
    Qayerga sepaman, xudoy.
  19. Arpaga — o‘rim,
    Bug‘doyga — ko‘rim.
  20. Bug’doy olaman desang, qovun polga ek,
    Paxta olaman desang — jo‘xori polga.
  21. Bug‘doy eksang, kuzda ek,
    Yaxshi haydab, bo‘zga ek.
  22. Javdar joyiga tushsa, bug’doy bo’lar,
    Bug‘doy joyiga tushmasa, javdar bo’lar.
  23. Boyning bug‘doy nonidan,
    Kambag‘alning bug‘doy so‘zi yaxshi.