8 ta maqollar CHOY haqida

Ushbu sahifada choy so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Choyning so‘ngini do‘stingga ber.
  2. Shirin choying bo‘lmasa,
    Shirin tiling bo‘lsin.
  3. Palovning qamchisi — choy.
  4. Choyning oxirini otangga ham berma.
  5. Choy to‘kilib, soy bo‘lmas,
    Yulduz yig‘ilib, oy bo‘lmas.
  6. Hamma choy — bir yoq,
    Shamma choy — bir yoq.
  7. Pishmagan etni yegali bo’lmas,
    Qaynamagan choyni — ichgani.
  8. Yog’i yo’q, qaymog‘i yo‘q, choyi qursin,
    Xayri yo‘q, ehsoni yo‘q, boyi qursin.