28 ta maqollar DARAXT haqida
Ushbu sahifada daraxt so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Daraxt bir joyda ko’karar.
- Yolg’iz daraxt o‘rmon bo’lmas.
- Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil. - Daraxtning husni — bargi bilan mevasi.
- Mevali daraxt yerga engashar,
Mevasiz daraxt ko‘kka tirmashar. - Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam,
Odam — mehnati bilan. - Egilgan daraxtga suyanma,
Seni ham egar. - Daraxt sop bermasa,
Bolta kesolmas. - Egri bitgan daraxt to‘g‘ri o‘smas.
- Daraxt — ildizi bilan,
Odam — do‘stlari bilan. - Daraxt qancha baland bo’lsa ham,
Mevasi quyida bo’ladi. - Mevasiz daraxt egilmas.
- Mevasiz daraxtning boshi — tuman.
- Joyidan qo‘zg’algan daraxt kech avj olar.
- Serdaraxt qishloqni sel olmas.
- Daraxt о‘sib qush qo‘nar.
- Daraxtning soyasi tagiga tushmas.
- Mevali daraxt ko‘p kaltak yeydi.
- Mevali daraxtga hamma qaraydi.
- Mevali daraxtga har kim ham kesak otar.
- Rejasiz daraxtzor — changalzor.
- Daraxtning yumshog’ini qurt yer.
- Katta daraxtning soyasi ham katta.
- Ming daraxtning boshini bir bolta chopar.
- Qush qo‘nmaydigan daraxt bo’lmas.
- Daraxt tomiridan suv ichar.
- Tomiri ochiq daraxtga hamma shamol xavfli.
- Payti kelsa, daraxt gullar.