19 ta maqollar DARYO haqida
Ushbu sahifada daryo so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Sayoz daryo shovqin oqar,
Chuqur daryo sokin oqar. - Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar. - Daryoga yaxshilik qilsang,
Ajrini biyobondan topasan, - Katta daryo hayqirmas,
Aqlli kishi baqirmas. - Ozdan yig‘ilib daryo bo‘lar,
So‘rab-so‘rab dono bo‘lar. - Teran daryo tinch oqar.
- Jondan kechmay, daryo kechilmas.
- Daryo to‘la suv bo’lsa ham,
It tili bilan suv ichar. - Daryo chuchuk — ariq chuchuk.
Daryo achchiq — ariq achchiq. - Daryo bo‘yida quduq qazima.
- Daryo suvi oqa-oqa tozarar.
- Daryo baliqsiz bo’lmas,
Tog’ — kiyiksiz. - Suvsizlikdan baliq o’lsa, daryoga nima g’am.
- Daryo-daryo qabul qil,
Tomchi-tomchi yubor. - Bir tomchi suv chumoliga daryo ko‘rinar.
- Daryoni bir kesak bilan loyqata olmaysan.
- Suv ko‘paysa, daryo toshar.
- Daryo toshsa, quduqqa zarar.
- Daryoga ot solmasdan avval kechuvini top.