20 ta maqollar dehqon va dehqonchilik haqida

Ushbu sahifada dehqon va dehqonchilik haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Dehqonning xazinasi — yer,
    Kaliti — ter.
  2. Dehqon ishlab don sochar
    Elga rizq yo'lin ochar.
  3. Dehqon odam don sochar,
    El-yurtiga non sochar.
  4. Dehqonning rizqi yer bilan kuchiga bog'liq.
  5. Dehqonchilik — chilik-chilik,
    Bo'lmasa — quruqchilik.
  6. Dehqon bo'lsang, kuz hayda,
    Kuz haydamasang, yuz hayda.
  7. Yer — dehqon xazinasi.
  8. Yer — don, dehqon — xazinabon.
  9. Zar bo'lmasa, zargar — xarob,
    Yer bo'lmasa, dehqon — xarob.
  10. O'rmonga sher yarashar,
    Dehqonga yer yarashar.
  11. Dehqonning o'zi kasal bo'lsa ham,
    Ho'kizi kasal bo'lmasin.
  12. Bog'bon bog'ini tuzar,
    Dehqon dalasin suzar.
  13. Bog'bon bo'lsang, sarxar qil,
    Dehqon bo'lsang, shudgor qil.
  14. Oz ekib, ko'p olganni dehqon derlar,
    Ko'p ekib, oz olganni hammol derlar.
  15. Bir dehqon omoch bilan,
    Yettovlon cho'mich bilan.
  16. Mulla bo'lsang, takror qil,
    Dehqon bo'lsang, shudgor qil.
  17. Dehqon makkasidan kechsa ham,
    Chumchuqlar o'zaro kelisholmas.
  18. Dehqon dehqondan qolsa, bir yilda yetar,
    Cho'pon cho'pondan qolsa, qirq yilda yetar.
  19. Dehqon — yer sultoni,
    Cho'pon — yaylov sultoni.
  20. Dehqon ekkanini yeydi,
    Cho'pon — boqqanini.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar

5