28 ta maqollar donolik haqida
Ushbu sahifada dono so'zi ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Dono durdan a'lo.
- Ko'p o'qigan olim bo'lsa,
Ko'pni ko'rgan dono bo'lar. - Buloqning suvi tiniq,
Dononing — suhbati. - Oz-ozdan o'rganib, dono bo'lur,
Qatra-qatra yig'ilib, daryo bo'lur. - Oltmish yashar ahmoqdan
Olti yashar dono yaxshi. - Sohibkordan bog' qolar,
Donodan — kitob. - Ozdan yig'ilib daryo bo'lar,
So'rab-so'rab dono bo'lar. - O'g'il-qiz dono bo'lsa,
El-u yurt xursand. - Do'sti nodondan dushmani dono yaxshi.
- Ko'p qarining ichida,
Bir bola dono bo'lur. - Dono — bir joyda,
Dangasa — har joyda. - Devor bino bo'lmas,
Qari bo'lgan bilan dono bo'lmas. - Dono aytsa, el aytgani,
Elning g'amin yeb aytgani. - Dono bilan nodon bir buloqdan suv ichmas.
- Dono bilan yursang, dono bo'lasan,
Ahmoq bilan yursang, rasvo bo'lasan. - Dono naqli — hayot aqli.
- Dono so'ziga bino qo'yar
Nodon — o'ziga. - Dono o'ylab aytar,
Nodon — o'ynab. - Dono qarisa ham, donoligi qarimas.
- Donoga ergashgan dovondan oshar.
- Donolikning cheki yo'q.
- Dononing gapi — tegadi nafi.
- Dononing so'ziga boq,
Yaxshining — o'ziga. - Dononing so'zidan ham qolma,
Yurgan izidan ham. - Inson — aqli bilan,
Dono — naqli bilan. - Ma'rakada topib gapirgan — dono,
O'zini tutib o'tirgan ham — dono. - Donni yiqqan donodir.
- Qarilikni donolik bezar,
Yoshlikni — kamtarlik.