73 ta maqollar do'stlik, o'rtoq, dugona, og'ayni haqida
Ushbu sahifada do'st, o'rtoq, dugona, birodar, og'ayni va jo'ra haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Aqlli do'st — rohat,
Aqlsiz do'st — ofat. - Ishonmagin do'stingga,
Somon tiqar po'stingga. - Sinamagan do'stingga sir aytma.
- Do'st orttiraman desang,
Shirin suhbat qil. - Tili shirinning do'sti ko'p.
- Yaxshi do'st yuz qarindoshdan yaxshi.
- Aybsiz do'st izlagan do'stsiz qolar.
- Ish do'sting — jon do'sting.
- Do'st bo'lsang, do'stingning aybini tuzat.
- Do'st achitib gapirar,
Dushman — kulib. - Do'st bilan sirdosh bo'l,
Ishiga doim qo'ldosh bo'l. - Do'st — do'stning oynasi.
- Do'sting kimligini ayt,
Sening kimligingni aytaman. - Do'st ziyonkor bo'lmas,
Ziyonkor do'st bo'lmas. - Chin do'st boringni oshirar,
Yo'g'ingni yashirar. - Yomonning do'sti ko'p,
Piyozning — po'sti. - Ikki yaxshi qasd bo'lmas,
Ikki yomon — do'st. - Arpa-bug'doy bir kuningga yaraydi,
Sodiq do'sting o'lguningcha yaraydi. - Vafoli do'st yo'lga solar,
Ig'vogar do'st paydan olar. - Ginali do'st — adovatli dushman.
- Davlating — do'sting.
- Daraxt — ildizi bilan,
Odam — do'stlari bilan. - Dushman do'st orasidan chiqar.
- Dushman siringni o'g'irlar,
Do'st xatongni to'g'rilar. - Do'st do'stni kulfatda sinar.
- Do'st ming bo'lsa ham — oz,
Dushman bir bo'lsa ham — ko'p. - Do'st og'ir kunda bilinar.
- Do'st sirini dushmandan pinhon tut.
- Do'st so'zini tashlama,
Tashlab boshing qashlama. - Do'st uzoqda bo'lsa ham, ko'ngli yaqin.
- Do'st yuzidan bilinar,
Dushman — izidan. - Do'stga aytdim so'zimni,
Dushman bildi sirimni. - Do'stda dushmanning qulog'i bor.
- Do'stga xiyonat qilma,
Dushmanga — shafqat. - Do'sti nodondan dushmani dono yaxshi.
- Do'sting — boyliging.
- Do'sting bo'lsa, bog'ing chamandir,
Do'sting bo'lmagani — fe'ling yomondir. - Do'stingga otilgan kesakning changi
Sening ko'zingga tushar. - Do'stlik — barcha boylikdan afzal.
- Do'stsiz boshim — tuzsiz oshim.
- Jon og'ritgan do'st bo'lmas.
- Jonga kuygan jonday do'st,
Jonga kuymas qanday do'st. - Kiyimning yangisi — yaxshi,
Do'stning — eskisi. - Ming so'ming bo'lguncha, bitta do'sting bo'lsin.
- Chin do'st tug'ishganing bilan teng.
- Chin do'st yuz xizmatchidan yaxshi.
- Yuz so'm puling bo'lguncha,
Yuzta do'sting bo'lsin. - Yaxshi ko'rgan do'stingga
Yaxshi ko'rgan molingni ber. - Quyosh havoni isitar,
Do'st — qalbni. - G'amingni do'stingga aytma, kuyunadi,
Dushmaningga aytma, suyunadi. - Har kimni do'stim dema,
Tandagi po'stim dema. - Hisobdan adashsang ham, do'stdan adashma.
- Hisobli do'st ayrilmas.
- Nomard do'stdan mard dushman yaxshi.
- Dasturxonga boqqan do'st emas.
- Gumon do'stdan ajratar.
- Do'stim deb siringni aytma,
Do'stingning ham siri bor. - Do'stingni do'st bilma,
Do'stingning ham do'sti bor. - Do'stni so'rab sina.
- Ichak-qorin go'sht bo'lmas,
Laganbardor do'st bo'lmas. - Davlat kelsa, yo'l ochar,
Davlat ketsa, do'st qochar. - Beparvo do'stdan yog'och yaxshi.
- Yerdan topsang sanab ol,
Do'st qilsang — sinab. - Yo'lda qo'shilgan — do'st bo'lmas.
- Ko'ringanni do'st bilma.
- Do'st safarda sinalar.
- Moling borida — ana do'st.
Moling yo'g'ida — qani do'st. - Og'a-ini arazli bo'lsa ham,
G'arazli bo'lmas. - Qayerga borsang ham, qora qozoning og'ayning
- Yaxshi joningga o'rtoq,
Yomon — noningga. - Botir o'rtoq — boy o'rtoq.
- Qadim do'stlik zanglamas.
- Xalq do'stligi — yurt boyligi.