29 ta maqollar dunyo, jahon, olam haqida
Ushbu sahifada dunyo, olam so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Dunyo yorug’ bo’lsin desang,
Uyingga chiroq yoq. - Kengashganga — keng dunyo,
Talashganga — tor dunyo. - Bu dunyo o‘tar-ketar,
Yuzi qoralik qolar. - El senga etsa nadomat,
Dunyoda turolmassan salomat. - Odamning g’alamisiga dunyo bir pul.
- Dunyoni yel buzar,
Odamni — so‘z. - Bilimliga dunyo yorug’
Bilimsizga — qorong’u. - Bog‘ ko‘rki — bodom,
Dunyo ko‘rki — odam. - Til kichik bo’lsa ham dunyoni buzar.
- Ichi torga — dunyo tor.
- Qorni ochga non bo’lsa bas,
Ko‘zi ochga dunyo yetmas. - Devonaga ikki dunyo barobar.
- Dunyo — bevafo, mol-dunyo — bebaqo.
- Dunyo moli dunyoda qolar.
- Torga — tor dunyo,
Kengga — keng dunyo. - Dunyoning kerakligini bozorda bildim,
Oxiratning kerakligini — mozorda. - Dunyoni suv bossa,
O’rdakka ne g‘am. - Dunyoning ishi — miri kam ikki.
- O’tgusiz daryo bo‘lmas,
O’limsiz dunyo bo‘lmas. - Bu dunyoning xo‘rligi —
Kissangda pulning yo‘qligi. - Yaxshilik ikki jahonni orttirar.
- Jon bo‘lsa, jahon topilar.
- О‘zing yaxshi — olam yaxshi.
- Olam tinch — xonam tinch.
- Quloq so’z uchun,
Olam ko’z uchun. - O‘zingga qarama, olamga qara.
- Ona — olam faxridir.
- Olam kezsang, odam bo’lasan.
- Omon bo’lsang, olam seniki.