16 maqollar: ehson, saxiylik, xayriya, sadaqa haqida

Ushbu sahifada ehson, saxiylik, xayriya, sadaqa so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Baxil ehsondan qochar,
    Xasis mehmondan qochar.
  2. Yog’i yo’q, qaymog‘i yo‘q, choyi qursin,
    Xayri yo‘q, ehsoni yo‘q, boyi qursin.
  3. Xayrli ishning kechi yo‘q.
  4. Xayrli ishning xayrixohi ko‘p.
  5. Saxiyning xayriga baxilning boshi og‘rir.
  6. Xayr qilsang, butun qil.
  7. Xayrli qo’l qayrilmas.
  8. Xon odillik qilmasa.
    Xonumondan ayrilar.
    Boy xayrlik qilmasa,
    Bor molidan ayrilar.
  9. Sadaqasiga qarab — savobi,
    So’ziga qarab — javobi.
  10. Sadaqa baloni yer,
    Tavba — gunohni.
  11. Suvdan ilgari — to‘g‘on,
    Balodan ilgari — sadaqa.
  12. Baxil bo’lma, saxiy bo‘l,
    O’smog’ingga to’g’ri yo’l.
  13. Baxil topsa, bosib yer,
    Saxiy topsa, barcha yer.
  14. Saxiyning o‘ng qo’li berar,
    Chap qo’li bilmas.
  15. Mullaning saxiyligi — tilida.
  16. Saxiy xor bo‘lmas,
    Baxil behishtga kirmas.