48 ta maqollar yigit, erkak, er haqida
Ushbu sahifada yigitlar, erkaklar, erlar haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Hunarli yigit — mevali daraxt.
- Yigitning baxtini mehnat ochar.
- Uyalgan yigit qizdan quruq qolar.
- Bir yigitga yetmish hunar oz.
- Bir yigitga qirq hunar oz.
- Yigit so'zi — bitta.
- Yigit borki, yetti pushtigacha nomi qolar,
Yigit borki, yetti kunda nomi yo'qolar. - Yigitga yig'i yarashmas.
- Yigitga mardlik yarashar.
- Yigitni bir so'zlik bezar.
- Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar. - Bir yigit — bir elga rizq.
- Yigitning botirini maydonda sina.
- Yigitning zehnli bo'lgani —
Adashmay yo'lidan yurgani. - Didli yigit — ilmli yigit.
- Yigit boshidan davlat yiroq emas.
- Yigit moli — yerda.
- Yo'li bo'lgan yigitga yo'ldan yo'ldosh qo'shilar.
- Har yigitga bir omad.
- Yosh yigitning ko'zi bilan qiz olma.
- Yigit ko'pni ko'rsa, odam bo'lar,
Qa'da-qoyimni bilmasa — nodon. - Yigitni or o'ldirar,
Tuyani — sarbon. - Yigitning moli bo'lguncha, ori bo'lsin.
- Yigitning zo'ri yer ochar.
- Yigitlik — bir guliston,
Qarilik — bir zimiston. - Yigitlik — umr gulshani.
- Yigitni yo'l boqar.
- Yigit g'ami elida,
Elning g'ami dilida. - Yigit degan er bo'lar,
Mehnat ko'rsa, sher bo'lar. - Hunarli er xor bo'lmas, Do'st-dushmanga zor bo'lmas.
- Xotin — uyning ziynati,
Er — mehnati. - Xotin — uy bezakchisi,
Er — uy ko'makchisi. - Erni er qiladigan ham xotin,
Qaro yer qiladigan ham xotin. - El ishini er qilur,
Er qadrini el bilur. - Er topuvchan bo'lsa,
Xotin taquvchan bo'lar. - Er yigit elga tortar.
- Elning ko'rki — er bilan,
Erning ko'rki — ter bilan. - Er — ishlagan yerda aziz.
- Sherni er yengar,
Erni sher yengolmas. - Qizga er topiladi,
Yigitga yor topiladi. - Chidamli er lochin tutar
- Shoshgan er uyiga yetolmas.
- Shoshmagan er oqqush tutar.
- Er — quyosh yo'ldoshi,
Xotin — umr yo'ldoshi. - Xotin — bo'yin, er — bosh.
- Xotin yaxshi — er yaxshi.
- Er — daladan, xotin — uydan.
- Er qayerda bo'lsa, xotin ham shu yerda.